https://oz.sputniknews.uz/20210318/eoii-sanoat-17829199.html
Toshkentda YeOII sanoat siyosati bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi
Toshkentda YeOII sanoat siyosati bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
5 aprel kuni Toshkentda YeOII sanoat siyosati bo‘yicha vazirlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 18.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-18T13:56+0500
2021-03-18T13:56+0500
2021-03-18T13:56+0500
iqtisod
o‘zbekiston
toshkent
o‘zbekiston va yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1255/30/12553022_0:66:3000:1754_1920x0_80_0_0_e1942cd3fc666088cd6079986529247e.jpg
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. 5-aprel kuni Toshkentda YeOII sanoat siyosati bo‘yicha vazirlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiya (YeIK) raisi yordamchisi Iya Malkina ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, farmatsevtika, aviatsiya sanoati sohasidagi hamkorlik istiqbollari, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan."Tadbirda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi vakillari ham taklif etildi", - dedi Malkina.O‘zbekiston 2020-yil dekabridan beri YeOIIda kuzatuvchi-davlat. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu maqom "respublikaning Ittifoq meyoriy-huquqiy bazasiga, shuningdek YeOII doirasidagi loyihalar va dasturlarga ham avtomatik qo‘shilishini nazarda tutmaydi", ammo bu "Ittifoqni o‘rganish uchun yaxshi imkoniyat" beradi.Hozir YeIK va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum, shuningdek 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi tayyorlanmoqda. “Hujjatlar yaqin kunlarda imzolanadi”, - dedi YeIK vakili.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1255/30/12553022_288:0:2713:1819_1920x0_80_0_0_21d8c2035a6e53a5925640cc9680198e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, toshkent
iqtisod, o‘zbekiston, toshkent
Toshkentda YeOII sanoat siyosati bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi
5 aprel kuni Toshkentda YeOII sanoat siyosati bo‘yicha vazirlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. 5 aprel kuni Toshkentda YeOII sanoat siyosati bo‘yicha vazirlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiya (YeIK) raisi yordamchisi Iya Malkina ma’lum qildi.
"5 aprel kuni" Innoprom" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Toshkentda YeOII sanoat siyosati bo‘yicha vazirlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda YeIK sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Artak Kamalyan ishtirok etadi", - dedi Malkina brifingda.
Iya Malkina
YeIK raisi yordamchisi
Uning so‘zlariga ko‘ra, farmatsevtika, aviatsiya sanoati sohasidagi hamkorlik istiqbollari, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
"Tadbirda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi vakillari ham taklif etildi", - dedi Malkina.
O‘zbekiston 2020-yil dekabridan beri YeOIIda kuzatuvchi-davlat. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu maqom "respublikaning Ittifoq meyoriy-huquqiy bazasiga, shuningdek YeOII doirasidagi loyihalar va dasturlarga ham avtomatik qo‘shilishini nazarda tutmaydi", ammo bu "Ittifoqni o‘rganish uchun yaxshi imkoniyat" beradi.
Hozir YeIK va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum, shuningdek 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi tayyorlanmoqda.
“Hujjatlar yaqin kunlarda imzolanadi”, - dedi YeIK vakili.