https://oz.sputniknews.uz/20210317/tadbirkor-mamlakatga-vaktsina-olib-kelib-emlashni-pullik-qilishi-mumkinmi-17814955.html
Tadbirkor mamlakatga vaksina olib kelib, emlashni pullik qilishi mumkinmi
Tadbirkor mamlakatga vaksina olib kelib, emlashni pullik qilishi mumkinmi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev
2021-03-17T18:37+0500
2021-03-17T18:37+0500
2021-04-02T20:54+0500
jamiyat
emlash
vaksina
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/14/16049846_0:0:3175:1787_1920x0_80_0_0_25a5a2125d876d96b0445ffb2ea56c36.jpg
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev xususiy sektor koronavirusga qarshi vaksinani O‘zbekistonga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.U 4,1 milliondan ortiq aholi, birinchi navbatda, qariyalar, tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim xodimlari bepul emlanishini eslatib o‘tdi. Yusupaliyevning so‘zlariga ko‘ra, “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarni ham bepul emlashga harakat qilinadi. “Lekin shu bilan birga aholimizga faqatgina bepul emas, balki pullik emlanish imkoniyatini yaratishimiz kerak. Bu masala bo‘yicha aniqlik kiritishimiz kerak, hozirgi kunda vaksina tanqisligi tufayli davlat xususiy sektori vaksina olib kira olmayapti. Sababi dunyo bo‘yicha vaksina yetishmayapti. Agar xususiy sektor vaksinani O‘zbekistonga bemalol olib kirib, o‘zi emlasa hech qanday e’tirozlar yo‘q”, - dedi u AOKAdagi matbuot anjumanida.Vazir o‘rinbosari buning uchun SSV tomonidan litsenziya berilishini ta’kidladi. Bugungi kunda respublika bo‘yicha 90 taga yaqin emlashni o‘tkazish uchun shunday litsenziyaga ega bo‘lgan xususiy tashkilotlar bor.“Ular, albatta, (vaksinani – tahr.) olib kirishi mumkin va pullik asosda emlanishi mumkin”, - deya xulosa qildi Yusupaliyev.
https://oz.sputniknews.uz/20210317/sputnik-v-17812106.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/14/16049846_329:0:3058:2047_1920x0_80_0_0_b47b5210c460074839a3b11cf9655a87.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, emlash, vaksina, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, emlash, vaksina, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
Tadbirkor mamlakatga vaksina olib kelib, emlashni pullik qilishi mumkinmi
18:37 17.03.2021 (yangilandi: 20:54 02.04.2021) Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev xususiy sektor koronavirusga qarshi vaksinani mamlakatga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev xususiy sektor koronavirusga qarshi vaksinani O‘zbekistonga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri
xabar qilmoqda.
U 4,1 milliondan ortiq aholi, birinchi navbatda, qariyalar, tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim xodimlari
bepul emlanishini eslatib o‘tdi. Yusupaliyevning so‘zlariga ko‘ra, “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarni ham bepul emlashga harakat qilinadi.
“Lekin shu bilan birga aholimizga faqatgina bepul emas, balki pullik emlanish imkoniyatini yaratishimiz kerak. Bu masala bo‘yicha aniqlik kiritishimiz kerak, hozirgi kunda vaksina tanqisligi tufayli davlat xususiy sektori vaksina olib kira olmayapti. Sababi dunyo bo‘yicha vaksina yetishmayapti. Agar xususiy sektor vaksinani O‘zbekistonga bemalol olib kirib, o‘zi emlasa hech qanday e’tirozlar yo‘q”, - dedi u AOKAdagi matbuot anjumanida.
Vazir o‘rinbosari buning uchun SSV tomonidan litsenziya berilishini ta’kidladi. Bugungi kunda respublika bo‘yicha 90 taga yaqin emlashni o‘tkazish uchun shunday litsenziyaga ega bo‘lgan xususiy tashkilotlar bor.
“Ular, albatta, (vaksinani – tahr.) olib kirishi mumkin va pullik asosda emlanishi mumkin”, - deya xulosa qildi Yusupaliyev.