Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII hukumatlararo kengashi navbatdagi yig‘ilishi - sanasi va joyi

© YeEKFlagi stran YeAES
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2021
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish sanasi ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yig‘ilishi 30-aprel kuni Qozon shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi rahbari yordamchisi Iya Malkina ma’lum qildi.
"30 aprel kuni Qozonda Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yig‘ilishi yuzma-yuz formatda bo‘lib o‘tadi", - dedi Malkina payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilish kun tartibiga 2025-yilgacha bo‘lgan sanoat kooperatsiyasining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishni kiritish rejalashtirilgan.
Shuningdek, YeOIIda organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining erkin harakatlanishini ta’minlash haqida yo‘l xaritasi muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Yevrosiyo integratsiya uyushmasi a’zolari - Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston.
Kuzatuvchilar - O‘zbekiston, Moldova va Kuba.
Yangiliklar lentasi
0