https://oz.sputniknews.uz/20210316/zbekiston-eoii-bilan-investitsiyaviy-amkorlikni-kengaytirishga-tayr-17772312.html
O‘zbekiston YeOII bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga tayyor
O‘zbekiston YeOII bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga tayyor
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 16 mar – Sputnik. O‘zbekiston hukumati YeOII bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga tayyor, deb xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo
2021-03-16T09:57+0500
2021-03-16T09:57+0500
2021-03-16T09:57+0500
iqtisod
yeoii
o‘zbekiston va yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/08/15955184_0:144:3128:1904_1920x0_80_0_0_11cf6f85d04feec3b7ee136f0f42b9ff.jpg
TOShKENT, 16 mar – Sputnik. O‘zbekiston hukumati YeOII bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga tayyor, deb xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot-xizmati.O‘zbekiston 2020-yilning dekabr oyida YeOII qoshida kuzatuvchi-maqomiga ega bo‘ldi. 2021-yilning fevralida mamlakat hukumati Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasidagi vakilini tayinladi.Xabarda aytilishicha, 15-mart kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi doirasida Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeOIK) raisi Mixail Masnikovich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi."Kelgusidagi hamkorlik istiqbollari haqida so‘z yuritganda, tomonlar o‘zaro manfaatli iqtisodiy sheriklik, teng huquqlilik va milliy manfaatlarni inobatga olish tamoyillariga, shuningdek, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalarida O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga o‘zaro sodiqligini bildirdilar", - deyiladi xabarda.Tomonlar shuningdek, investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, to‘siqlarsiz o‘zaro savdo qilishga sharoitlar yaratish va mintaqaning tranzit salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shma kompleks dasturlarni hayotga tatbiq etishga tayyorligini bildirganlar.Shu nuqtayi nazardan, logistika va bojxona jarayonlarini soddalashtirish, mavjud bo‘lgan to‘siqlarni olib tashlash, texnik reglamentlar va texnik jihatdan tartibga solish meyorlarini uyg‘unlashtirish, tarif va notarif tartibga solish sohasida mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, mehnat migratsiyasini soddalashtirish hamda mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilish va amalga oshirish bo‘yicha kelgusida olib boriladigan ishlar belgilangan.Tomonlar O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot banki va Yevroosiyo barqarorlashtirish va rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorligining istiqbollarini ham muhokama qilganlar.Uchrashuv yakunida yuzaga keladigan barcha masalalarni zudlik bilan hal etish maqsadida YeOIK bilan ekspertlar darajasida doimiy aloqalar mexanizmini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210226/zbekistonning-26ta-standarti-EOIIga-muvofilashtiriladi-16081866.html
https://oz.sputniknews.uz/20210301/Ozbekiston-EOII-bilan-aysi-soalarda-amkorlik-iladi-ekspert-16101184.html
https://oz.sputniknews.uz/20210311/qirgiziston-eoii-ozbekiston-17681302.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/08/15955184_200:0:2929:2047_1920x0_80_0_0_58e5221d6f12ac0c4a57b9013fe18768.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, yeoii
O‘zbekiston YeOII bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga tayyor
Shu nuqtayi nazardan, logistika va bojxona jarayonlarini soddalashtirish, tarif va notarif tartibga solish sohasida mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, mehnat migratsiyasini soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilish belgilandi.
TOShKENT, 16 mar – Sputnik. O‘zbekiston hukumati YeOII bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga tayyor, deb
xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot-xizmati.
O‘zbekiston 2020-yilning dekabr oyida YeOII qoshida
kuzatuvchi-maqomiga ega bo‘ldi. 2021-yilning fevralida mamlakat hukumati Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasidagi vakilini tayinladi.
Xabarda aytilishicha, 15-mart kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi doirasida Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeOIK) raisi Mixail Masnikovich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
"Kelgusidagi hamkorlik istiqbollari haqida so‘z yuritganda, tomonlar o‘zaro manfaatli iqtisodiy sheriklik, teng huquqlilik va milliy manfaatlarni inobatga olish tamoyillariga, shuningdek, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalarida O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga o‘zaro sodiqligini bildirdilar", - deyiladi xabarda.
Tomonlar shuningdek, investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, to‘siqlarsiz o‘zaro savdo qilishga sharoitlar yaratish va mintaqaning tranzit salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shma kompleks dasturlarni hayotga tatbiq etishga tayyorligini bildirganlar.
Shu nuqtayi nazardan, logistika va bojxona jarayonlarini soddalashtirish, mavjud bo‘lgan to‘siqlarni olib tashlash, texnik reglamentlar va texnik jihatdan tartibga solish meyorlarini uyg‘unlashtirish, tarif va notarif tartibga solish sohasida mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, mehnat migratsiyasini soddalashtirish hamda mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilish va amalga oshirish bo‘yicha kelgusida olib boriladigan ishlar belgilangan.
Tomonlar O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot banki va Yevroosiyo barqarorlashtirish va rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorligining istiqbollarini ham muhokama qilganlar.
Uchrashuv yakunida yuzaga keladigan barcha masalalarni zudlik bilan hal etish maqsadida YeOIK bilan ekspertlar darajasida doimiy aloqalar mexanizmini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.