https://oz.sputniknews.uz/20210316/toshkentdagi-saxarova-migratsiya-filiali-17794122.html
Rossiyada ishlash uchun – Toshkentdagi "Saxarovo" migratsiya markazi filiali haqida
Rossiyada ishlash uchun – Toshkentdagi "Saxarovo" migratsiya markazi filiali haqida
Sputnik O‘zbekiston
Endilikda patent olish uchun talab qilinadigan aksariyat hujjatlarni O‘zbekistonda Rossiyaning Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi (KTMM)ning filialida rasmiylashtirish... 16.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-16T19:54+0500
2021-03-16T19:54+0500
2021-04-01T13:12+0500
o‘zbekiston
toshkent
mms
migratsiya
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/10/17790450_0:320:3073:2048_1920x0_80_0_0_037ed9730df01d8ba278f9a2cce1bf7e.jpg
TOShKENT, 16 mar — Sputnik, Anna Jelixovskaya. KTMMda - Moskva va unga yaqin hududlarda ishlashni istagan o‘zbekistonliklarga patentni rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, kasbiy malakani baholash, ish beruvchi bilan suhbat tashkil etish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladi. Endi Rossiyada ishlashni istagan fuqarolar birlamchi hujjatlarni Toshkentda yangi ochilgan filialda to‘ldirishi, ularni Moskvadagi KTMMga topshirishi va tezkor tartibda patent olishi mumkin. Monomarkaz o‘zbekistonliklarni Rossiya Federatsiyasida ishlashga jalb qilishni amalga oshiradi.Moskva mehnat bozorida qanday mutaxassislarga talab bo‘lishini tushunish uchun KTMMga "ish beruvchiga ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlar ro‘yxati"ni taqdim etiladi. Shu maqsadda O‘zbekistonda ariza ko‘rib chiqiladi va nomzod tanlanadi. Ish beruvchi suhbat o‘tkazish uchun Toshkentga kelishi yoki videokonferensiyadan foydalanishi mumkin. Shuningdek, nomzodning malakasini baholashi mumkin. Buning uchun bir monomarkazda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan - ish joylari va ish joyiga da’vogar o‘z mehnat ko‘nikmalarini namoyish qilishi uchun zarur vositalar mavjud. Tanlov jarayonida ish beruvchi yoki uning vakillari shaxsan ishtirok etishi mumkin.Monomarkazda nomzodlar to‘g‘risidagi anketa ma’lumotlari to‘planadi va KTMM axborot markaziga taqdim etiladi. Keyin ro‘yxatlar tuzilib, ma’lumotlar bazalari orqali tekshiriladi. Masalan, agar biror kishi ilgari biron bir huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsa yoki Rossiya Federatsiyasi hududiga kirish uchun cheklovlar mavjud bo‘lsa, unda u patent ololmaydi.Unga ko‘ra, Moskva KTMMda mehnat migrantlari 1,5 soat ichida tegishli protseduradan o‘tadi va 10 kun ichida patent olib, ish boshlaydi. Shuningdek, mehnat migrantlari uchun mobil ilova ham ishlab chiqildi.Moskvaga kelgandan so‘ng, migrantlar duch keladigan birinchi narsa - bu yashash joyida ro‘yxatdan o‘tish zarurati. Ko‘pincha fuqarolar "rezina" kvartiralarda ro‘yxatdan o‘tishadi, bu esa "ijarachilar" uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Mobil ilovada mehnat migrantiga kerakli barcha ma’lumotlar - vakansiyalar bazasidan tortib, chet elliklarga ro‘yxatdan o‘tishda yordam berishni istagan fuqarolarning manzillari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.Filiali ochilishi doirasida Moskvadagi eng yirik qurilish kompaniyalardan biri - KROST kompaniya guruhining loyihalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tanlov asosida ishga jalb qilish bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/10/17790450_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_4811ff9704f51a578e348b8daae5630a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, toshkent, mms, migratsiya, migrantlar
o‘zbekiston, toshkent, mms, migratsiya, migrantlar
Rossiyada ishlash uchun – Toshkentdagi "Saxarovo" migratsiya markazi filiali haqida
19:54 16.03.2021 (yangilandi: 13:12 01.04.2021) Endilikda patent olish uchun talab qilinadigan aksariyat hujjatlarni O‘zbekistonda Rossiyaning Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi (KTMM)ning filialida rasmiylashtirish mumkin. Budjet muassasasi O‘zbekiston poytaxtidagi “Ishga marhamat” monomarkazi bazasida ochildi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik, Anna Jelixovskaya. KTMMda - Moskva va unga yaqin hududlarda ishlashni istagan o‘zbekistonliklarga patentni rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, kasbiy malakani baholash, ish beruvchi bilan suhbat tashkil etish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladi.
Endi Rossiyada ishlashni istagan fuqarolar birlamchi hujjatlarni Toshkentda yangi ochilgan filialda to‘ldirishi, ularni Moskvadagi KTMMga topshirishi va tezkor tartibda patent olishi mumkin. Monomarkaz o‘zbekistonliklarni Rossiya Federatsiyasida ishlashga jalb qilishni amalga oshiradi.
"Bugungi kunda mehnat migratlarini Moskva hududiga tashkillashtirilgan tanlov (orgnabor) orqali jo‘natishni rejalashtirmoqdamiz. Kelgusida markazimiz resurslaridan foydalanmoqchi bo‘lgan fuqarolarning mustaqil migratsiyasi bilan ishlaydi. Tashkillashtirilgan tanlov doirasida ish beruvchi - Moskva migratsiya markazi va O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida shartnoma tuziladi, uning doirasida nomzodlarni tanlash, ularni Rossiya Federatsiyasi hududiga olib borish, moslashish va ish bilan ta’minlashda yordam beramiz"
Sergey Baldin
Moskva ko‘ptarmoqli migratsiya markazi bosh direktori
Moskva mehnat bozorida qanday mutaxassislarga talab bo‘lishini tushunish uchun KTMMga "ish beruvchiga ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlar ro‘yxati"ni taqdim etiladi. Shu maqsadda O‘zbekistonda ariza ko‘rib chiqiladi va nomzod tanlanadi. Ish beruvchi suhbat o‘tkazish uchun Toshkentga kelishi yoki videokonferensiyadan foydalanishi mumkin. Shuningdek, nomzodning malakasini baholashi mumkin. Buning uchun bir monomarkazda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan - ish joylari va ish joyiga da’vogar o‘z mehnat ko‘nikmalarini namoyish qilishi uchun zarur vositalar mavjud. Tanlov jarayonida ish beruvchi yoki uning vakillari shaxsan ishtirok etishi mumkin.
“Biz Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidagi hamkasblar bilan doimiy ravishda ma’lumot almashamiz. Nomzodlar va bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi allaqachon mavjud. Faoliyatimizga Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti jalb qilingan. Mehnat migrantlari, agar kerak bo‘lsa, rus tilidan dars olishi mumkin. Bu O‘zbekiston mablag‘lari hisobidan subsidiya qilinadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi hududida patent olish uchun rus tili, qonunchilik asoslari va tarixdan imtihondan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikatni olish mumkin”
Sergey Baldin
Moskvadagi ko‘p tarmoqli migratsiya markazi bosh direktori
Monomarkazda nomzodlar to‘g‘risidagi anketa ma’lumotlari to‘planadi va KTMM axborot markaziga taqdim etiladi. Keyin ro‘yxatlar tuzilib, ma’lumotlar bazalari orqali tekshiriladi. Masalan, agar biror kishi ilgari biron bir huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsa yoki Rossiya Federatsiyasi hududiga kirish uchun cheklovlar mavjud bo‘lsa, unda u patent ololmaydi.
“Biz ish beruvchiga - barcha ma’lumotlar axborot tizimi bazasiga kiritishdan tortib, chet el fuqarosining kirish uchun ruxsatnoma olishgacha kuzatuv jarayonini amalga oshiramiz. Shu tarzda, patent olish vaqti qisqaradi. Fuqaro Rossiyaga tayyor ma’lumot profili bilan keladi”
Sergey Baldin
Moskvadagi ko‘p tarmoqli migratsiya markazi bosh direktori
Unga ko‘ra, Moskva KTMMda mehnat migrantlari 1,5 soat ichida tegishli protseduradan o‘tadi va 10 kun ichida patent olib, ish boshlaydi. Shuningdek, mehnat migrantlari uchun mobil ilova ham ishlab chiqildi.
Moskvaga kelgandan so‘ng, migrantlar duch keladigan birinchi narsa - bu yashash joyida ro‘yxatdan o‘tish zarurati. Ko‘pincha fuqarolar "rezina" kvartiralarda ro‘yxatdan o‘tishadi, bu esa "ijarachilar" uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.
Mobil ilovada mehnat migrantiga kerakli barcha ma’lumotlar - vakansiyalar bazasidan tortib, chet elliklarga ro‘yxatdan o‘tishda yordam berishni istagan fuqarolarning manzillari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.
“Qisqa vaqt ichida biz Moskva KTMM vakolatxonasini Toshkentda ochish uchun juda ko‘p ishlarni bajardik. Shu rejimda migratsiya markazimiz deyarli har kuni O‘zbekiston tomoni bilan aloqada bo‘ldi. Bugungi kunda migrantlarni tashkillashtirilgan tanlovning deyarli 50 foizi O‘zbekiston fuqarolari. Umid qilamanki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan ish beruvchi va ishchi o‘rtasida kerakli aloqa, O‘zbekiston fuqarolarini mehnatga jalb qilish uchun eng shaffof sharoitlarni yaratib, Rossiya hududida mehnat qilishning huquqiy mexanizmini ta’minlaymiz"
Kirill Purtov
Moskva hukumati vaziri, Moskva iqtisodiy siyosati va rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i
Filiali ochilishi doirasida Moskvadagi eng yirik qurilish kompaniyalardan biri - KROST kompaniya guruhining loyihalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tanlov asosida ishga jalb qilish bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi.