https://oz.sputniknews.uz/20210316/toshkentda-ommaviy-tadbirlarni-vatincha-tkhtatish-rezhalashtirilmoda-17788138.html
Toshkentda ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatish rejalashtirilmoqda
Toshkentda ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatish rejalashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. 1-apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha taklif berildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi
2021-03-16T16:49+0500
2021-03-16T16:49+0500
2021-04-01T16:45+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/12/15432527_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_92a49dee7176eaec8a1020acf3cf29d9.jpg
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. 1-apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha taklif berildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.Koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish, aholi salomatligini himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent shahrida ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazilishida karantin talablariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi.Bu haqda poytaxtda koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishida ma’lum qilindi.Shtab yig‘ilishida poytaxtda to‘y, maraka va marosimlarni o‘tkazishda ham Respublika maxsus komissiyasi qarorlari bilan belgilangan tartib-qoidalar va karantin talablari, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha nazoratni qat’iylashtirish belgilandi. Shuningdek, Toshkent shahar shtabi tomonidan: - sport musobaqalarini tomoshabinsiz o‘tkazish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi; - epidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda joriy yilning 1-aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatib turish yuzasidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritishga kelishib olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20210316/toshkent-sharida-koronavirus-byicha-nazorat-kuchaytiriladi-17786641.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/12/15432527_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_aec8e2520156a365f84f6f09e88986df.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Toshkentda ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatish rejalashtirilmoqda
16:49 16.03.2021 (yangilandi: 16:45 01.04.2021) Epidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda joriy yilning 1-aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatib turish yuzasidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritishga kelishib olindi.
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. 1 apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha taklif berildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish, aholi salomatligini himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent shahrida ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazilishida karantin talablariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi.
Bu haqda poytaxtda koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Shtab yig‘ilishida poytaxtda to‘y, maraka va marosimlarni o‘tkazishda ham Respublika maxsus komissiyasi qarorlari bilan belgilangan tartib-qoidalar va karantin talablari, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha nazoratni qat’iylashtirish belgilandi.
Shuningdek, Toshkent shahar shtabi tomonidan:
- sport musobaqalarini tomoshabinsiz o‘tkazish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi;
- epidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda joriy yilning 1-aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatib turish yuzasidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritishga kelishib olindi.