O‘zbekiston koronavirusli bir yilni qanday boshdan kechirdi
O‘zbekiston koronavirusli bir yilni qanday boshdan kechirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘n oltinchi mart kuni respublika koronavirus infeksiyasi tarqalishi sabab karantin e’lon qilganiga roppa-rosa bir yil to‘ladi. O‘shandan buyon mamlakat ikki lokdaunni... 16.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
O‘n oltinchi mart kuni respublika koronavirus infeksiyasi tarqalishi sabab karantin e’lon qilganiga roppa-rosa bir yil to‘ladi. O‘shandan buyon mamlakat ikki lokdaunni boshdan kechirdi. Bular qanday bo‘lganini suratlar yordamida esga olamiz.
Roppa-rosa bir yil avval, 15-mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlangan edi.Bu haqdaSog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov rasman ma’lum qilgan edi.
Chegaralar yopildi. Hukumat avia, temir yo‘l aloqalarni uzib qo‘ydi. Fuqarolarga mamlakatni tark etish taqiqlandi. Shu bilan birga xorijda qolib ketgan fuqarolarni qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Yopilgan chegaralar migrantlarga katta qiyinchilik tug‘dirdi. Ularni vatanga qaytarish uchun charter reyslar amalga oshirildi. Birinchi navbatda, qariyalar, ayollar va bolalar olib ketildi.
Toshkent viloyati O‘rtasaroy tumanida xorijdan kelgan fuqarolar uchun karantin zona tashkil qilindi. Fuqarolar vatanga qaytganda majburiy ikki haftalik karantindan o‘tishlari zarur
Ko‘ngilli yoshlardan iborat operatorlar 1197 qisqa raqami orqali yordamga muhtoj shaxslar, yordam berishda o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar va xayriya qilishni istovchi fuqarolar ma’lumotlarini qabul qilishni boshladi.
Roppa-rosa bir yil o‘tib 2021-yil 15-mart kuni poytaxtdagi bog‘chalardan biri karantinga yopildi. 16-mart kunidan boshlab, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi barcha umumta’lim maktablarini bir martalik karantin muddatiga (14 kun) onlayn o‘qitishga o‘tkazildi.
Koronavirusni jilovlash va yengishga ommaviy emlash yordam beradi. Hukumat emlashni mart oyidan boshlamoqchi. Aholini emlashda Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasidan ham foydalaniladi.
“Sputnik V” vaksinasi namunalarini O‘zbekistonga dekabr oyida xizmat safari bilan bo‘lgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov shaxsan olib kelgan edi.
2021 yil 15-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 80 743 kishi kovid bilan kasallangan. Shulardan 79 371 tuzalib ketgan. 622 kishi esa virus qurboniga aylangan.