Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston-YeOII hamkorlik yo‘l xaritasi tasdiqlandi

© Sputnik / Pavel LisisinFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston parlamenti YeOII bilan hamkorlik qilish yo‘l xaritasini tasdiqladi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekiston parlamenti YeOII bilan hamkorlik qilish yo‘l xaritasini tasdiqladi. Bu haqda respublika investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov YeIK iqtisodiy savdo kengashi a’zosi (vazir) Andrey Slepnev bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
2020 yil dekabridan boshlab O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomiga ega. 2021-yil fevralda respublika hukumati YeOIIda o‘z vakilini tayinladi.
"Aynan kuni kecha parlamentimiz YeOII bilan hamkorlik qilishni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini tasdiqladi", - dedi Qudratov.
Unga ko‘ra, qonunchilikni, shu jumladan bojxona tarif va notarif tartibga solishni muvofiqlashtirish bo‘yicha "bir qator masalalar" qo‘yilgan.
Vazirlikda ikki hafta oldin maxsus bo‘linma tuzilganini, u YeOII bilan hamkorlik masalalari bilan shug‘ullanadi, deb aytdi ITV vakili.
YeIK savdo bo‘yicha hay’at a’zosi Andrey Slepnev o‘z navbatida: O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganligi sababli, qonunchilikni YeOII qoidalariga muvofiqlashtirish respublikaga bu niyatini amalga oshirishda ham yordam berishi mumkin”, - deb ta’kidladi.
Dvijeniya gruzovix poyezdov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
O‘zbekiston va YeOII
Trans-afg‘on temir yo‘li: YeOII O‘zbekistonga yordam beradimi?
Bundan tashqari, Yevroosiyo standartlarining birxillashtirish (unifikatsiya) savdo hajmining oshishiga yordam beradi, - dedi Slepnev.
Unga ko‘ra, YeOIIda O‘zbekiston uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan qator loyihalar mavjud, xususan, “Agroekspress”. Bu loyiha xarajatlarni qisqartirish, muzlatilgan mahsulotlarni yetkazib berishni tezlashtirishga imkon beradi, dedi YeIK savdo vaziri.
Logistikaning tezlashishi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportini ko‘paytirishga imkon beradi va bu sohada ishlaydigan yuz minglab ishchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0