O‘zbekiston mamlakat kirishda koronavirusga ekspress test olish tartibini bekor qilmoqda
09:46 14.03.2021 (yangilandi: 16:46 01.04.2021)
© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishEkspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo
© Sputnik / Aleksey Mayshev
/ Obuna bo‘lish
Aeroport, temir yo‘l vokzali yoxud chegara punkti hududida koronavirus infeksiyasiga antigen ekspress test olish tartibi bekor qilinadi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekistonga havo, temir yo‘l transporti hamda chegara punktlari orqali tashrif buyurayotgan barcha shaxslardan o‘z hisobidan aeroport, temir yo‘l vokzali yoxud chegara punkti hududida koronavirus infeksiyasiga antigen ekspress test olish tartibi 2021-yilning 15-martidan boshlab bekor qilinadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.
Endilikda, yangi tartib bo‘yicha:
havo va temir yo‘l qatnovlari orqali tashrif buyurayotgan shaxslar O‘zbekistonga kelish uchun havo yoki temir yo‘l qatnoviga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga faqat PZR orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatkichga ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etishi talab etiladi;
avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelayotgan shaxslar tomonidan so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga PZR orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatkichga ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etilganda yoki PZR natijasi bo‘lmagan hollarda chegara o‘tkazish punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi orqali manfiy natija qayd etilgan taqdirda O‘zbekiston hududiga kiritiladi.
Bunda koronavirus infeksiyasiga PZR tekshiruvlari natijalari ingliz yoki rus tillarida bo‘lishi talab etiladi.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2021-yilning 25-martidan boshlab xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilardan faqat sifat ko‘rsatkichi talab darajasida bo‘lgan laboratoriyalarning koronavirus infeksiyasiga PZR tekshiruvlari ma’lumotnomalari bilan havo yoki temir yo‘l qatnoviga ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoxud avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi o‘tkazmasdan kiritiladi.
Shu bilan birga mutasaddi tashkilotlarga chet elda sifatli hamda ishonchli koronavirus infeksiyasiga PZR tekshiruvlarini o‘tkazuvchi laboratoriyalar – ya’ni O‘zbekistonda tan olinadigan laboratoriyalar ro‘yxatini (har bir mamlakat kesimida kamida 10 tadan) shakllantirish va e’lon qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Mas’ul vazirlik va idoralarga O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus bilan bog‘liq mamlakatga kirish bo‘yicha cheklovlar bekor qilingani, yangi avia va temir yo‘l qatnovlari tashkil etilayotgani to‘g‘risida o‘z rasmiy veb-sahifalarida hamda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy hamkorlar, investorlar va turoperatorlarga ma’lum qilish bo‘yicha topshiriq berildi.