Ukolga tayyorlaning! Birinchi navbatda koronavirusga qarshi kimlar, qanday va qayerda emlanadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlashni 2021-yil martidan boshlash rejalashtirilmoqda. Ushbu jarayon uchun tibbiyot xodimlari tayyor - vaksinalar sotib olinmoqda.
O‘zbekistonliklar emlashi mumkin bo‘lgan vaksinalar orasida Rossiyada ishlab chiqarilgan “Sputnik V”, Yevropaning AstraZeneca va O‘zbekistonda sinovdan o‘tgan Xitoy vaksinasi - ZF-UZ-VAC 2001. Bundan tashqari, respublika jami 12ta vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib bormoqda.
3 mingdan ortiq statsionar emlash punktlari va 850tadan ortiq mobil-brigadalar tashkil etilgan. Hozircha vaksinatsiya davlat klinikalarida amalga oshiriladi, ammo kelajakda bu jarayonga xususiy klinikalar ham jalb qilinishi mumkin.
O‘zbekiston 1 million dozada Rossiya vaksinasini sotib olish uchun buyurtma bergan - hozir Toshkent Rossiya Federatsiyasidan shartnoma tuzish bo‘yicha javob kutmoqda. Dastlabki, har oy respublika 10 ming dozadan preparat oladi.
Bu haqda batafsil infografikamizda.
Yangiliklar lentasi
0