https://oz.sputniknews.uz/20210313/rossiyaning-eng-kp-irlanadigan-avtomobillari-nomlari-aytildi-17732186.html
Rossiyaning eng ko‘p o‘g‘irlanadigan avtomobillari nomlari aytildi
Rossiyaning eng ko‘p o‘g‘irlanadigan avtomobillari nomlari aytildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiyaning eng ko‘p olib qochiladigan avtomobillari nomlari ma’lum bo‘ldi.
2021-03-13T12:37+0500
2021-03-13T12:37+0500
2021-03-13T12:39+0500
dunyoda
uchar avtomobillar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/545/72/5457237_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_ef724e90557c3112c66d8315219d0274.jpg
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiyaning eng ko‘p olib qochiladigan avtomobillari nomlari ma’lum bo‘ldi.Rossiyada 2021-yilda eng ko‘p o‘g‘irlab qochilgan avtomobillar bu "koreyeslar" Hyundai va Kia, shuningdek, "yapon" Toyota bo‘ldi.Bu haqda RIA Novosti sug‘urtachilardan olingan ma’lumotlar asosida xabar bermoqda.Eng ko‘p olib qochilgan moddelar sifatida Hyundai Solaris, Kia Sportage va Toyota Camry aytilgan.Bundan tashqari, eng ko‘p o‘g‘irlanadigan brenddagi avtomobillar sirasidan Range Rover, Lexus, Mercedes-Benz, konkret modellar sifatida esa Mitsubishi Outlander, Skoda Rapid, Toyota Land Cruiser 200, BMW X6, Infiniti QX80 sanab o‘tilgan."Joriy yil boshida olib qochiladigan avtomobillar yetakchiligi ancha o‘zgardi. Ro‘yxatni Koreyaning Hyundai Creta va Tucson krossoverlari hamda Kia Optima sedani tark etdi... Lada Vesta va Volkswagen Tiguan esa aksincha, yuqoriladi. Kia Sportage, Toyota Camry va Hyundai Solaris o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishgan – bu avtomobillar shu singari reytinglarning o‘zgarmas ishtirokchilaridir", - degan RIA Novostiga "MAKS" kompaniyasi mahsulot-menedjment va marketing boshqarmasi rahbari Yevgeniy Popkov.Shunisi e’tiborga molikki, so‘rovda ishtirok etgan kompaniyalar avtomobillarni o‘g‘irlash bilan bog‘liq holatlar sezilarli kamayganini e’tirof etishgan. Xususan, "MAKS" olib qochishlar soni 2 barobardan ortiqqa qisqarganini ma’lum qilgan."RESO-Garantiya" kompaniyasi esa o‘g‘irlashlar sonida jiddiy o‘zgarish bo‘lmaganini aytgan."Rosgosstrax"da joriy yil fevral oyida o‘tgan yil fevral oyiga nisbatan o‘g‘irliklar soni anchaga – 65%ga pasaygani qayd etilgan.Biroq fevral oyida, yanvar oyidagiga nisbatan avtomobil o‘g‘irliklari 33%ga oshgan.
https://oz.sputniknews.uz/20190324/Rossiyada-irlangan-Toyota-avtomobili-zbekistonda-tkhtatildi-11075952.html
https://oz.sputniknews.uz/20210304/16125685.html
https://oz.sputniknews.uz/20210215/Eng-kuchli-va-eng-immat-Bugatti-Centodieci---video-16007656.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/545/72/5457237_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_1e23fc2e3caeb7480cca7cc98d74c2e6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, uchar avtomobillar
dunyoda, uchar avtomobillar
Rossiyaning eng ko‘p o‘g‘irlanadigan avtomobillari nomlari aytildi
12:37 13.03.2021 (yangilandi: 12:39 13.03.2021) "Rosgosstrax"da joriy yil fevral oyida o‘tgan yil fevral oyiga nisbatan o‘g‘irliklar soni anchaga – 65%ga pasaygani qayd etilgan.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiyaning eng ko‘p olib qochiladigan avtomobillari nomlari ma’lum bo‘ldi.
Rossiyada 2021-yilda eng ko‘p o‘g‘irlab qochilgan avtomobillar bu "koreyeslar" Hyundai va Kia, shuningdek, "yapon" Toyota bo‘ldi.
Bu haqda
RIA Novosti sug‘urtachilardan olingan ma’lumotlar asosida xabar bermoqda.
Eng ko‘p olib qochilgan moddelar sifatida Hyundai Solaris, Kia Sportage va Toyota Camry aytilgan.
Bundan tashqari, eng ko‘p o‘g‘irlanadigan brenddagi avtomobillar sirasidan Range Rover, Lexus, Mercedes-Benz, konkret modellar sifatida esa Mitsubishi Outlander, Skoda Rapid, Toyota Land Cruiser 200, BMW X6, Infiniti QX80 sanab o‘tilgan.
"Joriy yil boshida olib qochiladigan avtomobillar yetakchiligi ancha o‘zgardi. Ro‘yxatni Koreyaning Hyundai Creta va Tucson krossoverlari hamda Kia Optima sedani tark etdi... Lada Vesta va Volkswagen Tiguan esa aksincha, yuqoriladi. Kia Sportage, Toyota Camry va Hyundai Solaris o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishgan – bu avtomobillar shu singari reytinglarning o‘zgarmas ishtirokchilaridir", - degan RIA Novostiga "MAKS" kompaniyasi mahsulot-menedjment va marketing boshqarmasi rahbari Yevgeniy Popkov.
Shunisi e’tiborga molikki, so‘rovda ishtirok etgan kompaniyalar avtomobillarni o‘g‘irlash bilan bog‘liq holatlar sezilarli kamayganini e’tirof etishgan. Xususan, "MAKS" olib qochishlar soni 2 barobardan ortiqqa qisqarganini ma’lum qilgan.
"RESO-Garantiya" kompaniyasi esa o‘g‘irlashlar sonida jiddiy o‘zgarish bo‘lmaganini aytgan.
"Rosgosstrax"da joriy yil fevral oyida o‘tgan yil fevral oyiga nisbatan o‘g‘irliklar soni anchaga – 65%ga pasaygani qayd etilgan.
Biroq fevral oyida, yanvar oyidagiga nisbatan avtomobil o‘g‘irliklari 33%ga oshgan.