“Ta’til tugadi”: 39 nafar fuqaro Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi

Obuna bo‘lish
Mehnat ta’tili olib kelgan 39 nafar fuqaro Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat ta’tili olib O‘zbekistonga kelgan, biroq pandemiya sababli ish joyiga qaytib keta olmayotgan fuqarolarning mazkur davlatdagi o‘z ish joylariga yuborishga ko‘maklashilmoqda.
Ana shunday fuqarolardan yana 39 nafari Toshkent xalqaro aeroportidan Koreya Respublikasiga uchib ketdi.
Flag Izrailya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Isroil-O‘zbekiston: migrantlarni ishga joylashtirishga doir bitim tayyorlandi
Pandemiya davrida Koreya Respublikasiga kirib borish uchun karantin joyi tasdiqlangan va ruxsat berilgan fuqarolargina ushbu davlatdagi ish joyiga qaytib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0