https://oz.sputniknews.uz/20210311/yangi-tartib-kvartira-ipoteka-kreditlari-17687534.html
Yangi tartib: 33 mingdan ortiq kvartira ipoteka kreditlari asosida beriladi
Yangi tartib: 33 mingdan ortiq kvartira ipoteka kreditlari asosida beriladi
Sputnik O‘zbekiston
33 114 ta kvartira va yakka tartibdagi uy-joylar ipoteka kreditlari asosida beriladi 11.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-11T19:33+0500
2021-03-11T19:33+0500
2021-03-11T19:33+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
toshkent
yangi uylar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1339/55/13395510_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_263874efdb414dd3435b36479285727d.jpg
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.Farmonga ko‘ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida ko‘p kvartirali uy-joylar quriladi.Farmon bilan 2021-yilda yangi tartib doirasida: - respublika bo‘yicha jami 33 114 ta kvartiralar va yakka tartibdagi uy-joylar; - qishloq joylarda 8 336 ta kvartiradan iborat ko‘p qavatli arzon uy-joylar;- fuqarolarning alohida toifalari uchun 3 550 ta kvartiradan iborat ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.Shuningdek, 2021-yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati, bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka krediti va dastlabki badalning bir qismi uchun Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarning eng ko‘p miqdori tasdiqlandi. Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kreditlarni ajratish tartibi barcha hududlarda joriy etildi (ilgari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida joriy etilgan edi).Bunda:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1339/55/13395510_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_43f247a945bfe25ebb98ba68fd1c63d1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, toshkent, yangi uylar
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, toshkent, yangi uylar
Yangi tartib: 33 mingdan ortiq kvartira ipoteka kreditlari asosida beriladi
33 114 ta kvartira va yakka tartibdagi uy-joylar ipoteka kreditlari asosida beriladi
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida ko‘p kvartirali uy-joylar quriladi.
Farmon bilan 2021-yilda yangi tartib doirasida:
- respublika bo‘yicha jami 33 114 ta kvartiralar va yakka tartibdagi uy-joylar;
- qishloq joylarda 8 336 ta kvartiradan iborat ko‘p qavatli arzon uy-joylar;
- fuqarolarning alohida toifalari uchun 3 550 ta kvartiradan iborat ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.
Shuningdek, 2021-yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati, bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka krediti va dastlabki badalning bir qismi uchun Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarning eng ko‘p miqdori tasdiqlandi.
Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kreditlarni ajratish tartibi barcha hududlarda joriy etildi (ilgari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida joriy etilgan edi).
kreditlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda 500 ta, jami 6 500 ta yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratiladi;
kreditlar ipoteka kreditining eng ko‘p miqdorlaridan oshmaydigan va dastlabki badali yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, 6 oylik imtiyozli davr bilan 20-yil (yigirmanchi yilni ham qo‘shgan holda) muddatga ajratiladi;
daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki 5-yil mobaynida foiz stavkasining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladi;
subsidiyalar qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi.