Tomas Bax XOQ prezidentligiga qayta saylandi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishPrezident Mejdunarodnogo olimpiyskogo komiteta Tomas Bax
Prezident Mejdunarodnogo olimpiyskogo komiteta Tomas Bax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
Obuna bo‘lish
XOQning amaldagi rahbari Tomas Bax nomzodini 93 kishi yoqlab ovoz bergan.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Tomas Bax Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidentligiga qayta saylandi. Uni ushbu lavozimga qo‘mitaning 137-sessiyasida qayta saylashdi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu lavozimga 8-yildan beri tashkilotni boshqarib kelayotgan Tomas Baxning o‘zi yagona nomzod bo‘lgan.
XOQ prezidentligi uchun ovoz berish jarayonida Tomas Bax nomzodini 93 kishi yoqlab ovoz bergan. 4 kishi betaraf bo‘lgan va 1 kishi esa qarshi ovoz bergan.
Shu tariqa, XOQning amaldagi rahbari Bax kelgusi 4-yil davomida ham tashkilotni boshqaradi.
Yangiliklar lentasi
0