https://oz.sputniknews.uz/20210311/ozbek-qirgiz-hamkorligi-toshkentdagi-biznes-forumda-nimalarga-erishildi-17679290.html
O‘zbek-qirg‘iz hamkorligi: Toshkentdagi biznes-forumda nimalarga erishildi
O‘zbek-qirg‘iz hamkorligi: Toshkentdagi biznes-forumda nimalarga erishildi
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. 11.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-11T15:51+0500
2021-03-11T15:51+0500
2021-03-11T15:56+0500
iqtisod
o‘zbekiston
hamkorlik
qirg‘iziston
o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0b/17677039_0:79:1500:923_1920x0_80_0_0_24cf1a6bf14e5eb0e57acd856c6b8a90.jpg
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston biznes-forumi va ikki mamlakat o‘rtasidagi Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Ulukbek Karmishakov, O‘zbekiston delegatsiyasiga esa bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov rahbarlik qildi.Unda so‘nggi yillarda O‘zbekiston – Qirg‘iziston qo‘shma korxonalarining soni ikki baravar ko‘paygani, savdo aylanmasi besh barobar ortgani va pandemiyaning salbiy oqibatlariga qaramasdan 2020-yilda o‘zaro savdo hajmi 10 foizga o‘sgani ta’kidlandi.Ikki mamlakat hukumatlarining muntazam va yaqin muloqotni o‘rnatishga tayyorligi bildirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli joriy etishga har tomonlama ko‘maklashish orqali savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston korxonalari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga sodiqlik bildirildi.Shu nuqtayi nazardan, tomonlar ikki mamlakat xususiy biznes vakillari o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, o‘zbek-qirg‘iz ishbilarmonlari hamkorligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish uchun ishonchli platforma sifatida Ishbilarmonlar kengashini tuzishni ma’qulladi.Istiqbolli tarmoqlar – qishloq xo‘jaligi, mineral va organik o‘g‘itlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish, to‘qimachilik va charm – poyabzal sanoati, ipakchilik tarmog‘i, turizm va logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish salohiyati atroflicha ochib berildi. Ishtirokchilar O‘zbekiston va Qirg‘izstonda investitsiya va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish uchun u yoki bu sohada yaratilgan shart-sharoitlar bilan to‘liq tanishish, umumiy manfaatlar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va kelgusida birgalikda hayotga tatbiq etish uchun aniq loyihaviy takliflarni ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘ldi.Forum yakunlari bo‘yicha o‘zbek va qirg‘iz tadbirkorlari o‘rtasida bir qator savdo shartnomalari hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210311/qirgiziston-prezidenti-toshkentga-keldi-17672566.html
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0b/17677039_82:0:1418:1002_1920x0_80_0_0_e5c5d629012c5ba63eeae351bef1a966.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, qirg‘iziston, o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, qirg‘iziston, o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari
O‘zbek-qirg‘iz hamkorligi: Toshkentdagi biznes-forumda nimalarga erishildi
15:51 11.03.2021 (yangilandi: 15:56 11.03.2021) Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston biznes-forumi va ikki mamlakat o‘rtasidagi Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qirg‘iziston delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Ulukbek Karmishakov, O‘zbekiston delegatsiyasiga esa bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov
rahbarlik qildi.Unda so‘nggi yillarda O‘zbekiston – Qirg‘iziston qo‘shma korxonalarining soni ikki baravar ko‘paygani, savdo aylanmasi besh barobar ortgani va pandemiyaning salbiy oqibatlariga qaramasdan 2020-yilda o‘zaro savdo hajmi 10 foizga o‘sgani ta’kidlandi.
Ikki mamlakat hukumatlarining muntazam va yaqin muloqotni o‘rnatishga tayyorligi bildirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli joriy etishga har tomonlama ko‘maklashish orqali savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston korxonalari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga sodiqlik bildirildi.
Shu nuqtayi nazardan, tomonlar ikki mamlakat xususiy biznes vakillari o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, o‘zbek-qirg‘iz ishbilarmonlari hamkorligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish uchun ishonchli platforma sifatida Ishbilarmonlar kengashini tuzishni ma’qulladi.
Istiqbolli tarmoqlar – qishloq xo‘jaligi, mineral va organik o‘g‘itlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish, to‘qimachilik va charm – poyabzal sanoati, ipakchilik tarmog‘i, turizm va logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish salohiyati atroflicha ochib berildi.
Ishtirokchilar O‘zbekiston va Qirg‘izstonda investitsiya va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish uchun u yoki bu sohada yaratilgan shart-sharoitlar bilan to‘liq tanishish, umumiy manfaatlar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va kelgusida birgalikda hayotga tatbiq etish uchun aniq loyihaviy takliflarni ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘ldi.
Forum yakunlari bo‘yicha o‘zbek va qirg‘iz tadbirkorlari o‘rtasida bir qator savdo shartnomalari hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolandi.