https://oz.sputniknews.uz/20210311/forbes-aqsh-rossiya-va-xitoy-17675999.html
Forbes AQShning Rossiya va Xitoy tanklarini yo‘q qilish rejasini ochiqladi
Forbes AQShning Rossiya va Xitoy tanklarini yo‘q qilish rejasini ochiqladi
Sputnik O‘zbekiston
Forbes Rossiya va Xitoy zarba beruvchi kuchlarini yo‘q qilishga qaratilgan Pentagonning Assault Breaker 2 loyihasi tafsilotlarini ochiqladi. 11.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-11T14:10+0500
2021-03-11T14:10+0500
2021-04-01T15:50+0500
dunyoda
rossiya
xitoy
harbiy texnika
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1137/35/11373514_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_09f63402da198cf1ed8a4038e4d3faf6.jpg
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Forbes Rossiya va Xitoy zarba beruvchi kuchlarini yo‘q qilishga qaratilgan Pentagonning Assault Breaker 2 loyihasi tafsilotlarini ochiqladi.Maqola muallifiga ko‘ra, loyiha juda keng ko‘lamli va hozircha bu haqda ma’lumot kam. Biroq, bu AQShning bunday birinchi rejasi emas.70-yillarda urush boshlagan taqdirda SSSR alyans mudofaasini bir zumda yo‘q qilib tashlashidan qo‘rqib, NATO Assault Breaker rejasini ishlab chiqdi. Rejada minglab sovet tanklari va jangovar texnikasi tezkorlik bilan yo‘q qilishni nazarda tutilgan, bu go‘yo hujumni to‘xtatib, NATO bo‘linmalarini safarbar qilish uchun vaqtni yutishga yordam beradi.2015 yilda AQSh mudofaa vazirining o‘sha paytdagi o‘rinbosari Bob Uork aytganidek, "hujumni barbod qilish" rejasi samolyotlarni aniqlash va nishonga olish, katta maydonlar bo‘yicha zarba berish, shuningdek tankga qarshi o‘zi nishonga oladigan ballistik raketalarni o‘z ichiga olgan.Aslida, reja aviatsiya va quruqlikdagi harakatlar qismidan iborat edi. Aviatsiya qismida yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilar bilan jihozlangan yangi RLT bilan B-52 bombardimonchi samolyotlaridan foydalanish ko‘zlangan. Quruqlikda AQSh razvedka samolyotlari tomonidan nishonga olingan AQSh Quruqlik kuchlari harakatlari nazarda tutilgan. Ushbu loyiha 1982-yilda namoyish qilingan, sinovlarda SSSR vakillari ishtirok etgan.Forbes yozishicha, AQSh hozirda ham analog rejani istamoqda. Rejaga urush bo‘lgan taqdirda Rossiya tanklari va Xitoy kemalarini yakson qilish bo‘yicha harakatlar kiritilgan bo‘lishi kerak.Pentagon ilmiy kengashining 2017-yilgi dokladida ta’kidlanishicha, Assault Breaker 2 rejasi strategik muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan raqibning kuchlarini yakson qilish, AQSh va uning ittifoqchilari jangda o‘z qurollarni ishga solishi mumkin. Assault Breaker 2ning nishonlari - tanklar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, kemalar, shtablar, omborlar va boshqalar qayd etilgan.Hozir AQSh eski loyihaning elementlari - quruqlikdagi kuchlar raketalari, harakatlanayotgan obyektlarni nishonga olish uchun aviatsiya RLT va turli nishonga olish tizimlari qayd etilgan. Bu komponentlar yangilanib, yangi loyihaga qo‘shiladi, deb taxmin qilmoqda muallif.Assault Breaker 2 tizimining yangi elementlariga RQ-180 yashirin razvedka dronlari, yangi zamonaviy jangovar boshqaruv tizimi (ABMS) dasturi va HHK va HDF uchun uzoq masofali qanotli raketalar kiritilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, yangi turdagi Golden Horde bombalari aytib o‘tilgan. Quruqlik kuchlari, o‘z navbatida, nishonga olish masofasi 1500 kilometrdan ortiq bo‘lgan artilleriya qurilmasi ustida ishlamoqda.Bu qurol tizimlarining barchasi yagona kompleks tarkibida qisqa vaqt ichida ko‘plab tanklar va kemalarni yo‘q qilishi mumkin, bu esa hujumni barbod qilish maqsadiga - erishishga imkon beradi.Shu bilan birga, Pentagon ilmiy kengashi loyihada jiddiy kamchiliklar mavjudligini tan oldi. Shunday qilib, Assault Breaker 2, garchi bu frontdan ancha ichkariga zarba berishni o‘z ichiga olsa-da, juda uzoq masofada emas. Bundan tashqari, tizim "juda qimmat" bo‘lmasligi kerak.Shu bilan birga, agar Assault Breaker 2 Rossiya va Xitoy armiyasiga qarshi samarali kurash vositasi bo‘lib chiqsa ham, Moskva va Pekinda bu qarama-qarshilikni yengib o‘tishning oson yo‘li bor, deb tushuntirishdi Pentagonda. Buning uchun "shunchaki jiddiy zarar yetkazish uchun qo‘shimcha kuch va vositalarni jangga jalb qilish kerak”.
https://oz.sputniknews.uz/20210310/ruslan-rossiya-avia-gigantni-ishlab-chiarishni-ayta-tiklamoda-17658601.html
https://oz.sputniknews.uz/20210213/Rus-ovchisi-AQSh-va-Turkiya-dronlari-bilan-solishtirilgandi-15994175.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1137/35/11373514_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_168c32af1a2b492a80733c2eb96209f1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, rossiya, xitoy, harbiy texnika, aqsh
dunyoda, rossiya, xitoy, harbiy texnika, aqsh
Forbes AQShning Rossiya va Xitoy tanklarini yo‘q qilish rejasini ochiqladi
14:10 11.03.2021 (yangilandi: 15:50 01.04.2021) Forbes Rossiya va Xitoy zarba beruvchi kuchlarini yo‘q qilishga qaratilgan Pentagonning Assault Breaker 2 loyihasi tafsilotlarini ochiqladi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Forbes Rossiya va Xitoy zarba beruvchi kuchlarini yo‘q qilishga qaratilgan Pentagonning Assault Breaker 2 loyihasi tafsilotlarini ochiqladi.
Maqola muallifiga ko‘ra, loyiha juda keng ko‘lamli va hozircha bu haqda ma’lumot kam. Biroq, bu AQShning bunday birinchi rejasi emas.
70-yillarda urush boshlagan taqdirda SSSR alyans mudofaasini bir zumda yo‘q qilib tashlashidan qo‘rqib, NATO Assault Breaker rejasini ishlab chiqdi. Rejada minglab sovet tanklari va jangovar texnikasi tezkorlik bilan yo‘q qilishni nazarda tutilgan, bu go‘yo hujumni to‘xtatib, NATO bo‘linmalarini safarbar qilish uchun vaqtni yutishga yordam beradi.
2015 yilda AQSh mudofaa vazirining o‘sha paytdagi o‘rinbosari Bob Uork aytganidek, "hujumni barbod qilish" rejasi samolyotlarni aniqlash va nishonga olish, katta maydonlar bo‘yicha zarba berish, shuningdek tankga qarshi o‘zi nishonga oladigan ballistik raketalarni o‘z ichiga olgan.
Aslida, reja aviatsiya va quruqlikdagi harakatlar qismidan iborat edi. Aviatsiya qismida yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilar bilan jihozlangan yangi RLT bilan B-52 bombardimonchi samolyotlaridan foydalanish ko‘zlangan. Quruqlikda AQSh razvedka samolyotlari tomonidan nishonga olingan AQSh Quruqlik kuchlari harakatlari nazarda tutilgan. Ushbu loyiha 1982-yilda namoyish qilingan, sinovlarda SSSR vakillari ishtirok etgan.
Forbes yozishicha, AQSh hozirda ham analog rejani istamoqda. Rejaga urush bo‘lgan taqdirda Rossiya tanklari va Xitoy kemalarini yakson qilish bo‘yicha harakatlar kiritilgan bo‘lishi kerak.
Pentagon ilmiy kengashining 2017-yilgi dokladida ta’kidlanishicha, Assault Breaker 2 rejasi strategik muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan raqibning kuchlarini yakson qilish, AQSh va uning ittifoqchilari jangda o‘z qurollarni ishga solishi mumkin. Assault Breaker 2ning nishonlari - tanklar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, kemalar, shtablar, omborlar va boshqalar qayd etilgan.
Hozir AQSh eski loyihaning elementlari - quruqlikdagi kuchlar raketalari, harakatlanayotgan obyektlarni nishonga olish uchun aviatsiya RLT va turli nishonga olish tizimlari qayd etilgan. Bu komponentlar yangilanib, yangi loyihaga qo‘shiladi, deb taxmin qilmoqda muallif.
Assault Breaker 2 tizimining yangi elementlariga RQ-180 yashirin razvedka dronlari, yangi zamonaviy jangovar boshqaruv tizimi (ABMS) dasturi va HHK va HDF uchun uzoq masofali qanotli raketalar kiritilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, yangi turdagi Golden Horde bombalari aytib o‘tilgan. Quruqlik kuchlari, o‘z navbatida, nishonga olish masofasi 1500 kilometrdan ortiq bo‘lgan artilleriya qurilmasi ustida ishlamoqda.
Bu qurol tizimlarining barchasi yagona kompleks tarkibida qisqa vaqt ichida ko‘plab tanklar va kemalarni yo‘q qilishi mumkin, bu esa hujumni barbod qilish maqsadiga - erishishga imkon beradi.
Shu bilan birga, Pentagon ilmiy kengashi loyihada jiddiy kamchiliklar mavjudligini tan oldi. Shunday qilib, Assault Breaker 2, garchi bu frontdan ancha ichkariga zarba berishni o‘z ichiga olsa-da, juda uzoq masofada emas. Bundan tashqari, tizim "juda qimmat" bo‘lmasligi kerak.
Shu bilan birga, agar Assault Breaker 2 Rossiya va Xitoy armiyasiga qarshi samarali kurash vositasi bo‘lib chiqsa ham, Moskva va Pekinda bu qarama-qarshilikni yengib o‘tishning oson yo‘li bor, deb tushuntirishdi Pentagonda. Buning uchun "shunchaki jiddiy zarar yetkazish uchun qo‘shimcha kuch va vositalarni jangga jalb qilish kerak”.