https://oz.sputniknews.uz/20210311/baliq-va-baliq-mahsulotlari-17671554.html
Baliq va baliq mahsulotlari xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablar ishlab chiqildi
Baliq va baliq mahsulotlari xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablar ishlab chiqildi
Sputnik O‘zbekiston
“Baliq va baliq mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamenti ishlab chiqildi. 11.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-11T12:33+0500
2021-03-11T12:33+0500
2021-03-11T12:33+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1416/68/14166843_20:0:982:541_1920x0_80_0_0_42422787936e3ae41ced3e4b31710146.jpg
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. “Baliq va baliq mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.“So‘nggi yillarda baliq mahsulotlarining sifati va xavfsizligi darajasi bir qator sabablarga ko‘ra sezilarli darajada pasaydi:- eskirgan texnologik uskunalardan foydalanish;- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyo va yordamchi materiallarning zaharli moddalar bilan (poliklorobifenil, alifatik va poliaromatik uglevodorodlar, og‘ir metallar va boshqalar) ifloslanishi;- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ichimlik suvi sifatining pasayishi;- baliqni qayta ishlash korxonalarining sanitariya-gigiyenik holati;- baliq mahsulotlarini tashish va saqlash sharoitlari sanitariya meyorlariga javob bermasligi va boshqalar”, - deyilgan hujjatda.Umumiy texnik reglament loyihasi SSV, Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi mutaxassislaridan tarkib topgan “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlar institutida tuzilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengash tomonidan ishlab chiqildi.Texnik reglament loyihasiga quydagi talablar kiritilmoqda:- baliq mahsulotlari tarkibidagi toksik element meyorlari sifatiga talablar.- baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish, tasarruf etish, shuningdek baliq mahsulotlarini erkin harakatini ta’minlash uchun tamg‘alash va qadoqlashga oid talablar.- yosh bolalar, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning ovqatlanishi uchun baliq oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va xavfsizlik ko‘rsatkichlariga talablar.
https://oz.sputniknews.uz/20200925/Qozoistonda-tishi-odamnikiga-khshagan-alati-bali-tutib-olindi-15052842.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1416/68/14166843_140:0:861:541_1920x0_80_0_0_177f387a95e293295eddf31eb4403980.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent
Baliq va baliq mahsulotlari xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablar ishlab chiqildi
“Baliq va baliq mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamenti ishlab chiqildi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. “Baliq va baliq mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.
“So‘nggi yillarda baliq mahsulotlarining sifati va xavfsizligi darajasi bir qator sabablarga ko‘ra sezilarli darajada pasaydi:
- eskirgan texnologik uskunalardan foydalanish;
- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyo va yordamchi materiallarning zaharli moddalar bilan (poliklorobifenil, alifatik va poliaromatik uglevodorodlar, og‘ir metallar va boshqalar) ifloslanishi;
- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ichimlik suvi sifatining pasayishi;
- baliqni qayta ishlash korxonalarining sanitariya-gigiyenik holati;
- baliq mahsulotlarini tashish va saqlash sharoitlari sanitariya meyorlariga javob bermasligi va boshqalar”, - deyilgan hujjatda.
Umumiy texnik reglament loyihasi SSV, Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi mutaxassislaridan tarkib topgan “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlar institutida tuzilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengash tomonidan ishlab chiqildi.
Texnik reglament loyihasiga quydagi talablar kiritilmoqda:
- baliq mahsulotlari tarkibidagi toksik element meyorlari sifatiga talablar.
- baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish, tasarruf etish, shuningdek baliq mahsulotlarini erkin harakatini ta’minlash uchun tamg‘alash va qadoqlashga oid talablar.
- yosh bolalar, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning ovqatlanishi uchun baliq oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va xavfsizlik ko‘rsatkichlariga talablar.