Sovet raketasi G‘arbni yana bir bor hayratga soldi - video

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishNoveyshiy korvet "Gremashiy" na ispitaniyax v Baltiyskom more
Noveyshiy korvet Gremashiy na ispitaniyax v Baltiyskom more - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Obuna bo‘lish
Sovet yadroviy raketasining konussimon uch qismi havoga ko‘tarilish oldidan "o‘sib chiqish" xususiyatga ega bo‘lgan.
TOShKENT, 10 mar - Sputnik. Internet tarmog‘ida sovet yadroviy raketasining g‘aroyib videosi paydo bo‘ldi.
Unda MBR RT-23 UTTX rusumli sovet yadroviy raketasi aks etgan. Ushbu raketaning konussimon uch qismi havoga ko‘tarilish oldidan katta bosim ostida "o‘sib chiqish" xususiyatga ega bo‘lgan.
Bunday yondashuv sovet konstruktorlariga raketani temir yo‘l vagonida yashirin joylashtirish imkonini bergan. Keyinchalik texnologiyalar rivojlanishi natijasida raketa yanada ixchamlashtirilgan va uning "o‘sib chiqish" qobiliyatiga ehtiyoj qolmagan.
NATO klassifikatsiyasi bo‘yicha ushbu raketa SS-24 Scalpel deb ataladi. The Drive nashri yozishiga ko‘ra, sovuq urush davrida Sovet Ittifoqi temir yo‘l vagonlarida yashirish joylashtirish mumkin bo‘lgan raketa yaratgan yagona davlat bo‘lgan.
Qo‘shimcha tariqasida shuni aytish mumkin-ki, Sovet Ittifoqida statsionar raketa shaxtalari joylashgan joy bir kun kelib dushmanga aniq bo‘lishi mumkin deb hisoblashgan. Shuning uchun avtomobil, poyezd va dengiz konteynerlariga yashirin tarzda joylashtirilishi mumkin bo‘lgan mobil bazali strategik ballistik raketalar yaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0