O‘zbekistonliklar mart o‘rtasida kutilayotgan sovuq ob-havo haqida ogohlantirildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishZima
Zima - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Obuna bo‘lish
14 martga o‘tar kechasi yomg‘ir qorga aylanadi. Ba’zi joylarda u kuchli bo‘ladi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. 13-14 mart O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qilmoqda.
13-14 mart respublikada yog‘ingarchilik (14 martga o‘tar kechasi yomg‘ir qorga aylanadi), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 13-martda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
Liven  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Yomg‘ir va momaqaldiroq: hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi
14-15 martda harorat kechalari 2-7° sovuqgacha, kunduz kunlari 2° sovuq, 3° iliqgacha, Qoraqalpog‘istonda kechalari 10-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 6-11° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha pasayadi.
13-14 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0