https://oz.sputniknews.uz/20210309/sadir-japarovning-ozbekistonga-tashrifi-tafsilotlari-borasida-malumot-berildi-17467455.html
Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari borasida ma’lumot berildi
Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari borasida ma’lumot berildi
Sputnik O‘zbekiston
Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash... 09.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-09T14:45+0500
2021-03-09T14:45+0500
2021-03-09T18:45+0500
siyosat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
sadir japarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/09/17470548_0:0:1082:609_1920x0_80_0_0_fc7a5b9450ca64fed302dc8af6f483a4.jpg
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov joriy yilning 11-12 mart kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.Ta’kidlanishicha, bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashiladi.Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning turli yo‘nalishlariga aloqador qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.Sadir Japarov O‘zbekistonga tashrif buyuradiTashrif dasturiga muvofiq Sadir Japarov O‘zbekiston Oliy Majlisining ikkala palatasi rahbarlari va bosh vaziri bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi, mamlakat sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210304/Sadir-Japarovning-Ozbekistonga-tashrifi-sanasi-ochiqlandi-16127194.html
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/09/17470548_143:0:1080:703_1920x0_80_0_0_e2fa510047bda732bd555a45eeaddc1c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, qirg‘iziston, sadir japarov
siyosat, o‘zbekiston, qirg‘iziston, sadir japarov
Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari borasida ma’lumot berildi
14:45 09.03.2021 (yangilandi: 18:45 09.03.2021) Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov joriy yilning 11-12 mart kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston davlat rahbari matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Ikki mamlakat yetakchilari uchrashuvining kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo, sanoat, transport, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni faollashtirish, madaniyat, sog‘liqni saqlash, ta’lim va turizm borasidagi qo‘shma dasturlarni amalga oshirishning dolzarb jihatlari o‘rin olgan.
Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning turli yo‘nalishlariga aloqador qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif dasturiga muvofiq Sadir Japarov O‘zbekiston Oliy Majlisining ikkala palatasi rahbarlari va bosh vaziri bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi, mamlakat sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi.