https://oz.sputniknews.uz/20210308/IT-zbekistonda-ishlo-khzhaligi-va-turizm-vazirlari-uchrashuvi-tkaziladi-16151117.html
IHT: O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va turizm vazirlari uchrashuvi o‘tkaziladi
IHT: O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va turizm vazirlari uchrashuvi o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xodi Sulaymonpur bilan uchrashdi. 08.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-08T12:43+0500
2021-03-08T12:43+0500
2021-03-10T10:48+0500
iqtisod
o‘zbekiston
hamkorlik
toshkent
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/737/84/7378476_0:0:1201:676_1920x0_80_0_0_a0adf6bd4a79c21542f43fcdb8bf621a.jpg
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. 7-mart kuni Tehronga tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xodi Sulaymonpur bilan uchrashdi.Tomonlar O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar, rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar, xususan, 2021-yilda tashkilotga a’zo davlatlar qishloq xo‘jaligi va turizm vazirlarining navbatdagi uchrashuvini O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida fikr almashdilar.4-martda videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 14-sammitida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.IHT Bosh kotibi O‘zbekiston rahbarining takliflari tashkilotga a’zo mamlakatlar tomonidan katta qiziqish va qo‘llab-quvvatlashga sabab bo‘lganligini ta’kidladi.O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar doirasida tadbirkorlar va xorijiy investorlarning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.Shu nuqtayi nazardan so‘nggi yillarda O‘zbekistonning tuzilmaga a’zo davlatlar bilan umumiy tovar aylamasi hajmi bir yarim baravarga oshib, 9 milliard AQSh dollarini tashkil etgani ta’kidlangandi. O‘zbekistonda IHTga a’zo mamlakatlarning 5 mingga yaqin korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.Tashkilot Bosh kotibi joriy yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilindi.Muzokaralar chog‘ida, O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning boshqa dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210304/Turkiya-TIV-rahbari-Ozbekistonga-keladi-16128101.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/737/84/7378476_17:0:1084:800_1920x0_80_0_0_3d5ba9fc45700b21d1e42fa01908afd6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, toshkent, iqtisod
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, toshkent, iqtisod
IHT: O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va turizm vazirlari uchrashuvi o‘tkaziladi
12:43 08.03.2021 (yangilandi: 10:48 10.03.2021) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xodi Sulaymonpur bilan uchrashdi.
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. 7-mart kuni Tehronga tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xodi Sulaymonpur bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar, rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar, xususan, 2021-yilda tashkilotga a’zo davlatlar qishloq xo‘jaligi va turizm vazirlarining navbatdagi uchrashuvini O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida fikr almashdilar.
4-martda videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 14-sammitida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
IHT Bosh kotibi O‘zbekiston rahbarining takliflari tashkilotga a’zo mamlakatlar tomonidan katta qiziqish va qo‘llab-quvvatlashga sabab bo‘lganligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar doirasida tadbirkorlar va xorijiy investorlarning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Shu nuqtayi nazardan so‘nggi yillarda O‘zbekistonning tuzilmaga a’zo davlatlar bilan umumiy tovar aylamasi hajmi bir yarim baravarga oshib, 9 milliard AQSh dollarini tashkil etgani ta’kidlangandi. O‘zbekistonda IHTga a’zo mamlakatlarning 5 mingga yaqin korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tashkilot Bosh kotibi joriy yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilindi.
Muzokaralar chog‘ida, O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning boshqa dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.