Toshkentda 10 yashar bolaga nisbatan tegajog‘lik qilgan taksichi ustidan jinoiy ish ochildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2021
Obuna bo‘lish
Chilonzor tumanida 10 yoshli o‘g‘il bolaga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksi haydovchisi qidirilmoqda. Holat Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida voyaga yetmagan 10 yoshli o‘g‘il bolaga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksi haydovchisi haqida xabar tarqalmoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Zaderjan mujchina, kotoriy v Yangiyule popitalsya poxitit 8-letnyuyu devochku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Yangiyo‘lda 8 yoshli qizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan erkak ushlandi: u ilgari sudlangan
Ma’lum qilinishicha, 28-fevral kuni Chilonzor tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga 30 yoshli B.J. murojaat qilgan. Fuqaro o‘z arizasida uning 10 yoshli o‘g‘liga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksichiga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Otaning murojaatidan so‘ng mazkur fakt Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchining shaxsini va holat tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tezkor-tergov tadbiri o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0