https://oz.sputniknews.uz/20210305/onda-bank-khodimi-mizhozning-milliardlarini-olib-zbekistondan-ochib-ketdi-16142241.html
Qo‘qonda bank xodimi mijozning milliardlarini olib, O‘zbekistondan qochib ketdi
Qo‘qonda bank xodimi mijozning milliardlarini olib, O‘zbekistondan qochib ketdi
Sputnik O‘zbekiston
Firibgar katta miqdordagi mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab, bir qismiga yer uchastkasi sotib olgan, bir qismini tanish ayoliga bergan. 05.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-05T19:17+0500
2021-03-05T19:17+0500
2021-03-05T19:17+0500
yangiliklar
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/12/15626566_0:158:3077:1889_1920x0_80_0_0_abd3f19b160bd9cc57fd68dd9e5ac4c0.jpg
TOShKENT, 5 mar - Sputnik. Qo‘qonda bank xodimi ishonuvchan mijozning milliardlab so‘mini qo‘lga kiritdi va so‘ngra zagranpasport olib, O‘zbekistonni tark etdi. Hozirda firibgar qidiruvda, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.Tergov harakatlari jarayonida ma’lum bo‘ladiki, voqea 2020-yilning iyul-dekabr oylari oralig‘ida sodir bo‘lgan."Agra bank Qo‘qon shahri filiali" xodimi - 31 yashar Husanjon T. bank mijozi bo‘lgan tanishi - 38 yoshli, xususiy korxona rahbari bo‘lgan Kamoliddin I.ni bank tizimi pul o‘tkazmalari orqali pullarni aylantirib, ko‘p foyda olishi mumkinligiga qiziqtiradi.Kamoliddin bank xodimi Husanjonga 20 ming AQSh dollari miqdorida qarz berganida, firibgar sodda mijozga bir oylik foydaning yarmi deb boshlanishiga 2 million 250 ming so‘m pul olib kelib, keyinchalik olgan pullari foydasi deb jami 240 million so‘m beradi.Mijoz qiziqib yanada ko‘proq pul bergach, oradan ma’lum bir vaqt o‘tib, bank xodimi - Husanjon xorijga chiqish pasportini olib Qirg‘iziston Respublikasiga chiqib ketadi. Kamoliddin Husanjonga jami 71 200 AQSh dollari va 1 009 258 000 so‘m pul mablag‘larini topshirgan.Kamoliddin bu pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab, bir qismiga yer uchastkasi sotib olib, bir qismini tanish ayoliga berganligi ma’lum bo‘lgan.Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Husanjon T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Hozirda Husanjon T.,ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210209/Gurlanda-er-maydonini-50-ming-dollarga-pullamochi-blgan-firibgar-lga-olindi-15963794.html
https://oz.sputniknews.uz/20210127/Milliy-gvardiyaga-ishga-kiritib-yaman-arshida-firibgar-lga-tushdi-15874509.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/12/15626566_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_ee1b5eaab6771c7efadfb635a9cd299b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar, hodisalar
Qo‘qonda bank xodimi mijozning milliardlarini olib, O‘zbekistondan qochib ketdi
Firibgar katta miqdordagi mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab, bir qismiga yer uchastkasi sotib olgan, bir qismini tanish ayoliga bergan.
TOShKENT, 5 mar - Sputnik. Qo‘qonda bank xodimi ishonuvchan mijozning milliardlab so‘mini qo‘lga kiritdi va so‘ngra zagranpasport olib, O‘zbekistonni tark etdi. Hozirda firibgar qidiruvda, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Tergov harakatlari jarayonida ma’lum bo‘ladiki, voqea 2020-yilning iyul-dekabr oylari oralig‘ida sodir bo‘lgan.
"Agra bank Qo‘qon shahri filiali" xodimi - 31 yashar Husanjon T. bank mijozi bo‘lgan tanishi - 38 yoshli, xususiy korxona rahbari bo‘lgan Kamoliddin I.ni bank tizimi pul o‘tkazmalari orqali pullarni aylantirib, ko‘p foyda olishi mumkinligiga qiziqtiradi.
Kamoliddin bank xodimi Husanjonga 20 ming AQSh dollari miqdorida qarz berganida, firibgar sodda mijozga bir oylik foydaning yarmi deb boshlanishiga 2 million 250 ming so‘m pul olib kelib, keyinchalik olgan pullari foydasi deb jami 240 million so‘m beradi.
Mijoz qiziqib yanada ko‘proq pul bergach, oradan ma’lum bir vaqt o‘tib, bank xodimi - Husanjon xorijga chiqish pasportini olib Qirg‘iziston Respublikasiga chiqib ketadi. Kamoliddin Husanjonga jami 71 200 AQSh dollari va 1 009 258 000 so‘m pul mablag‘larini topshirgan.
Kamoliddin bu pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab, bir qismiga yer uchastkasi sotib olib, bir qismini tanish ayoliga berganligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Husanjon T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Husanjon T.,ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.