"Sputnik Layt" vaksinasi klinik sinovlarining ikkinchi fazasi yakunlandi - SSV

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishOtkritie punktov vaksinatsii v torgovix sentrax Yekaterinburga
Otkritie punktov vaksinatsii v torgovix sentrax Yekaterinburga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2021
Obuna bo‘lish
RTTIF rahbari Kirill Dmitriyevning so‘zlariga ko‘ra, "layt-versiya" asosan, kuchli epidemik o‘choqlar bo‘lgan tashqi bozorlarga mo‘ljallangan, Rossiyada esa asosiy vaksina maqomini "Sputnik V" saqlab qolmoqda.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Rossiyada "Sputnik Layt" vaksinasi klinik sinovlarining ikkinchi fazasi yakunlandi, deb xabar qildi RF Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko.
Shpris i ampula na fone logotipa Sputnik V. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2021
Rossiya dushmanlari "Sputnik V" yetakchiligidan qo‘rqishadi – RTTIF
"Hozir ular (ma’lumotlar. — tahr.) ekspertlar baholashi uchun yo‘naltirilgan", — dedi u jurnalistlarga.
Uchinchi faza tadqiqotlarini o‘tkazishga ruxsatnoma bor, u fevral oyi o‘rtalarida olingan. Bu tadqiqotni ikki guruhda platsebodan foydalangan holda o‘tkazishadi, sinovlar 2022-yilning 28-yanvarida yakunlanishi kerak.
"Sputnik Layt" - Gamaleya markazi tomonidan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri infestitsiyalar fondi bilan hamkorlikda yaratilgan va yaxshi o‘rganilgan inson adenovirusli vektorlari platformasida yaratilgan "Sputnik" vaksinalari lineykasiga kiradi.
Gruz s rossiyskoy vaksinoy Sputnik V ot koronavirusnoy infeksii covid-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2021
"Sputnik V" vaksinasi qisqa muddatda yaratilishi siri nimada?
RTTIF rahbari Kirill Dmitriyevning so‘zlariga ko‘ra, "layt-versiya" asosan, kuchli epidemik o‘choqlar bo‘lgan tashqi bozorlarga mo‘ljallangan, Rossiyada esa asosiy vaksina maqomini "Sputnik V" saqlab qolmoqda.
Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburgning qayd etishicha, yuqorida aytilgan davlatlarda "Sputnik Layt"dan foydalanish kasallanish pik darajasini tushirishga va mahalliy sog‘liqni saqlash idoralariga tushadigan yukni yengillatishga imkon yaratadi.
Ushbu vaksinadan so‘ng immunitet, 3-4 oy saqlanishi mumkin, emlash samaradorligi esa 85%ni tashkil etadi, dedi olim.
Sxemaga muvofiq faqat bitta inyeksiya qilinadi ("Sputnik V"ning birinchi komponenti) va antitanachalar ishlab chiqilishi davri ham qisqa bo‘ladi. Shu bilan birga, agarda emlangan inson koronavirus bilan kasallansa, COVID-19ning og‘ir turi unga xavf solmaydi, nega deganla virus qo‘zg‘atuvchisi o‘pkaga tushmaydi. Himoyani uzaytirish uchun uch oydan so‘ng ikkinchi komponentni olsa bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0