Refrijerator vagonlar yordamida O‘zbekiston mevalarini Rossiyaga olib kelish o‘rganilmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishJeleznodorojniy uzel
Jeleznodorojniy uzel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya orasida sovuq haroratni saqlab turuvchi konteynerlarda yuk tashish amaliyotini samarali yo‘lga qo‘yish uchun Rossiyadan O‘zbekistonga teng hajmdagi yuk jo‘natish amaliyotini yo‘lga qo‘yish kerak.
TOShKENT, 5 mar – Sputnik. O‘zbekiston meva-sabzavot va tez buziladigan mahsulotlarini refrijerator-vagonlarda Rossiyaga eksport qilish mumkin deb hisoblaydi Oziq-ovqat sektori korxonalari assotsiatsiyasi  (ASORPS) prezidenti Mixail Sinev.
“Buni amalga oshirsa bo‘ladi. Rossiya refrijerator konteyner operatorlari ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga tayyor. Lekin muammo shundaki - O‘zbekistonda kichik qishloq xo‘jalik korxonalari juda ko‘p. Ularning mahsulotlarini rejalashtirilgan vaqtda bir joyga jamlaydigan yirik konsolidator kerak, kamida 1000 tonna. Ushbu masala hal bo‘lganidan so‘ng biz ishlashni boshlaymiz”, - dedi Mixail Sinev.
Tashkillashtirish bosqichida O‘zbekistonda meva sabzavotlar uchun 2tadan 5tagacha refrijerator konteynerlar  olib kelinishi kutilmoqda. Loyiha muvaffaqiyatli boshlanganidan so‘ng bunday tashuv usubi doimiy amaliyotga aylanadi. Transportirovka qilinadigan asosiy mahsulotlar  -  uzum, xurmo, anor va sabzavotlar.
Bunday yuk tashish amalitotini rivojlantirish uchun Rossiyadan O‘zbekistonga ham past haroratda saqlanuvchi teng hajmdagi yuk jo‘natish amaliyotini yo‘lga qo‘yish kerak. Lekin hozircha bunday talablar yo‘q.
Rossiyaning Oziq-ovqat sektori korxonalari assotsiatsiyasi  (ASORPS) delegatsiyasi fevral oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Farg‘ona viloyatida bo‘lib meva-sabzavot ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashishdi va mahsulotni jamlash, tayyorlash va tashish logistikasini o‘rganishdi.
Yangiliklar lentasi
0