Prezident bir kvadrat metr uy narxini 4 mln so‘mdan oshirmaslik bo‘yicha topshiriq berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan
Shavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev eng katta masal bu uy-joylarning narxini adolatli shakllantirish ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi narx-navodan odamlar rozi emas va hokimlar buning ichiga kirmagani ham rost.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimlar bir kvadrat metr uy narxini 4 mln so‘mdan oshirmaslik uchun zarur choralarni ko‘rishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda davlat rahbari uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Eng katta masala — bu uy-joylarning narxini adolatli shakllantirish. Bugungi narx-navodan odamlarimiz rozi emas va hokimlar buning ichiga kirmagani ham rost. Shuning uchun, viloyat va tuman hokimlari bir kvadrat metr uy narxini 4 million so‘mdan oshirmaslik uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi kerak”, - dedi prezident.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, bunda har bir tuman, shahar va viloyat hokimi o‘z hududidagi qurilish ichiga kirib, qaysi qurilish materiallarini arzonroq va yaqinroqdan olish mumkin, sement va metall narxini qanday pasaytirsa bo‘ladi, degan savollarning javobini topishi kerak.
“Hozirgi qurilish tannarxida temirbeton ishlari — 32 foiz, bo‘yoq va bezatish — 28 foiz, obodonlashtirish — 8 foiz, elektromontaj ishlari 5 foizni tashkil etadi. Misol uchun," betonniy uzel" qo‘yib, qurilish uchun betonni arzon va sifatli ta’minlash, bazalt izolyatsiyasi, gazobeton bloklarini joylarda ishlab chiqarish orqali tannarxni kamaytirish bo‘yicha qaysi hokim bosh qotirapti?”, - deya savol bilan yuzlandi u.
330 shkola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2021
Shermatov: yangi quriladigan uy-joy komplekslari orasida maktab ham qurib beriladi
“Har bir viloyat, tuman va shahar hokimi ikki hafta muddatda o‘z hududida quruvchilar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar, banklarni yig‘ib, aniq kalkulyatsiyalarni ishlab chiqishi kerak. "O‘zstandart" agentligi bir oy muddatda joylarga chiqib, har bir hududda gazobeton ishlab chiqaruvchilarni standartlarga o‘rgatib, mahsulotlarini sertifikatlash dasturini amalga oshiradi”, - dedi Mirziyoyev.
Prezident aholining barcha qatlamlarini uy-joy bilan ta’minlash, bu borada tanlash imkoniyatini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
Shu maqsadda joriy yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlash mo‘ljallanmoqda. Jumladan, davlat ipoteka dasturi doirasida jami 45 mingta uy quriladi.
Yangiliklar lentasi
0