https://oz.sputniknews.uz/20210304/Abadiy-koronavirusning-ilk-olatlari-anilandi-Shifokorlar-ayratda-16128228.html
"Abadiy koronavirus"ning ilk holatlari aniqlandi. Shifokorlar hayratda
"Abadiy koronavirus"ning ilk holatlari aniqlandi. Shifokorlar hayratda
Sputnik O‘zbekiston
Shifokorlar ayrim bemorlar nega "abadiy" koronavirusga chalinishlari va bunday turdagi infeksiyani yuqtirmaslik yo‘llari haqida ma’lumot berdilar 04.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-04T14:50+0500
2021-03-04T14:50+0500
2021-03-04T14:50+0500
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/05/15732674_0:0:2876:1619_1920x0_80_0_0_c983ba8b90585c8bb7cd9d95a7313d61.jpg
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. AQShlik shifokorlar birinchi marotaba bir nechta bemorlarda "abadiy" koronavirusni aniqladilar. Bu haqda medRxiv portali xabar bermoqda.Janubiy Kaliforniya universiteti mutaxassislari koronavirus bilan bemorlangan uch nafar insonning kasallik davri yarim yildan ortiq vaqt davom etayotganini aniqladilar.Tadqiqot davomida shifokorlar bu nima evaziga ro‘y berayotganini aniqlashdi. medRxiv portali ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu bemorlar og‘ir kasalliklardan aziyat chekmoqda. Masalan, bir o‘smir va bog‘cha yoshidagi o‘g‘il va qizaloqda leykemiya kasalligi qayd etilgan bo‘lib, bu dard ularga koronavirusdan tezda sog‘ayib ketishlariga imkon qoldirmagan."Immuniteti sust, SARS-CoV-2ga chalingan odamlar mutatsiyalar to‘planishi va kelgusida immun reaksiyalarga qarshilik ko‘rsata oladigan yangi shtammlar paydo bo‘lishi uchun rezervuar sifatida xizmat qilishlari mumkin, degan tashvish tobora ortmoqda". - deydi mutaxassislar.Tadqiqotchilar xulosalariga ko‘ra, immun tizimi yupqalashgan odamlar koronavirus oldida o‘ta mo‘rt bo‘lib qoladilar.Shu bilan birga, shifokorlar so‘zlariga ko‘ra, koronavirus organizmda uzoq vaqt davomida bo‘la turib, faol ravishda o‘zgara boshlaydi. Shu tufayli ko‘plab mutatsiyalar paydo bo‘lib, ular infeksiyalarga antitanachalar hujumidan omon qolishga yordam beradi.Shu tariqa, bemorlar, yarim yil davomida infeksiyaga chalinishlari mumkin. Bemorlardan biri hatto unda koronavirus aniqlanganining 250-kunida ham yuqumlilik ehtimolini saqlab qolgan.Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, bu singari kasalliklar bo‘lmasa inson COVID-19ni 10 kun davomida tarqatishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20210202/Koronavirus-erkaklarda-bepushtlikni-keltirib-chiarishi-mumkin-15918110.html
https://oz.sputniknews.uz/20210201/Koronavirusning-britancha-shtammi-alomatlari-15910296.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/05/15732674_145:0:2876:2048_1920x0_80_0_0_2223ae3537c2fe3e659cd25b1352395c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar
"Abadiy koronavirus"ning ilk holatlari aniqlandi. Shifokorlar hayratda
Shifokorlar ayrim bemorlar nega "abadiy" koronavirusga chalinishlari va bunday turdagi infeksiyani yuqtirmaslik yo‘llari haqida ma’lumot berdilar
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. AQShlik shifokorlar birinchi marotaba bir nechta bemorlarda "abadiy" koronavirusni aniqladilar. Bu haqda medRxiv portali xabar bermoqda.
Janubiy Kaliforniya universiteti mutaxassislari koronavirus bilan bemorlangan uch nafar insonning kasallik davri yarim yildan ortiq vaqt davom etayotganini aniqladilar.
Tadqiqot davomida shifokorlar bu nima evaziga ro‘y berayotganini aniqlashdi. medRxiv portali ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu bemorlar og‘ir kasalliklardan aziyat chekmoqda. Masalan, bir o‘smir va bog‘cha yoshidagi o‘g‘il va qizaloqda leykemiya kasalligi qayd etilgan bo‘lib, bu dard ularga koronavirusdan tezda sog‘ayib ketishlariga imkon qoldirmagan.
"Immuniteti sust, SARS-CoV-2ga chalingan odamlar mutatsiyalar to‘planishi va kelgusida immun reaksiyalarga qarshilik ko‘rsata oladigan yangi shtammlar paydo bo‘lishi uchun rezervuar sifatida xizmat qilishlari mumkin, degan tashvish tobora ortmoqda". - deydi mutaxassislar.
Tadqiqotchilar xulosalariga ko‘ra, immun tizimi yupqalashgan odamlar koronavirus oldida o‘ta mo‘rt bo‘lib qoladilar.
Shu bilan birga, shifokorlar so‘zlariga ko‘ra, koronavirus organizmda uzoq vaqt davomida bo‘la turib, faol ravishda o‘zgara boshlaydi. Shu tufayli ko‘plab mutatsiyalar paydo bo‘lib, ular infeksiyalarga antitanachalar hujumidan omon qolishga yordam beradi.
Shu tariqa, bemorlar, yarim yil davomida infeksiyaga chalinishlari mumkin. Bemorlardan biri hatto unda koronavirus aniqlanganining 250-kunida ham yuqumlilik ehtimolini saqlab qolgan.
Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, bu singari kasalliklar bo‘lmasa inson COVID-19ni 10 kun davomida tarqatishi mumkin.