Kardashyan sartarosh oldida uxlab qoldi - surat hammani kuldirdi

© AFP 2023 / Getty Images / David LivingstonTelezvezda Kim Kardashyan na festivale Beautycon-2018 v Los-Andjelese, SShA
Telezvezda Kim Kardashyan na festivale Beautycon-2018 v Los-Andjelese, SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
Obuna bo‘lish
Amerikalik aktrisa Kim Kardashyan sartarosh-stilist oldida uxlab qolgani aks etgan surat internetda tarqaldi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik aktrisa Kim Kardashyan sartarosh oldida uxlab qolishi aks etgan surat paydo bo‘ldi. Yulduzning stilisti Kris Epplton suratni Instagram’dagi sahifasida joylashtirdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Chris Appleton (@chrisappleton1)

Suratda kresloda uxlab qolgan Kardashyan tasvirlangan.
“Kim, men seni sevaman”, - deb yozgan stilist surat ostida.
Surat tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ayni paytda foydalanuvchilar turli mazmundagi izohlarni qoldirishmoqda, suratga ko‘plab memlar tayyorlandi.
Yulduzning o‘zi ham surat haqida bilib qoldi. U janjal ko‘tarish o‘rniga, umumiy fleshmobga qo‘shildi va o‘z akkauntiga suratni joylashtirdi.
Ayni paytda surat 170 mingdan ortiq layk to‘plagan.
Eslatib o‘tamiz, fevralda Kim Kardashyan turmush o‘rtog‘i xonanda Kanye Uest bilan ajrashishga ariza topshirgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Er-xotin mulkiy nizolarni hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishish yo‘lida katta yutuqlarga erishgan.
Kim Kardashyan va Kanye Uest 2014-yilda turmush qurishgan. Juftlikning to‘rt nafar farzandi bor. Kanye Uest Kardashyanning uchinchi turmush o‘rtog‘i hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0