https://oz.sputniknews.uz/20210303/Mehr-4-Afgonistondan-24-nafar-ozbekistonlik-qaytarildi-16120358.html
“Mehr-4”: Afg‘onistondan 24 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi
“Mehr-4”: Afg‘onistondan 24 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi
Sputnik O‘zbekiston
“Mehr-4” operatsiyasi doirasida 24 nafar fuqaro Afg‘onistondan O‘zbekistonga qaytarildi. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, Termiz tumanidagi davolash va... 03.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-03T17:53+0500
2021-03-03T17:53+0500
2021-03-03T17:58+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/03/16120228_0:-1:1293:731_1920x0_80_0_0_faff3312103761f1cec423338173432c.jpg
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. “Mehr-4” operatsiyasi doirasida Afg‘onistondan 24 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.Ta’kidlanishicha, ular Afg‘oniston va Pokiston hududlarida tashkil etilgan xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qo‘shilib qolishgan. Keyinchalik Afg‘oniston hududiga o‘tishgan va ushbu hududda yashashgan.Afg‘onistonning hamkor tashkilotlari ko‘magida olib kelingan ushbu shaxslar Surxondaryo viloyatining Termiz tumani hududida joylashgan “Ayritom” chegara posti orqali kutib olingan. Mahalliy OAVlarning yozishicha, olib kelinganlardan 19 nafarini bolalar tashkil etmoqda, 4 nafar bola yetim. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, viloyat hokimiyati, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari ishtirokida Termiz tumanidagi davolash va sog‘lomlashtirish markazi binosiga joylashtirilgan.Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda may oyida “Mehr-1” insonparvarlik operatsiyasi doirasida 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan, ayollar va bolalar Suriyadan qaytarilgan edi. Keyinchalik “Mehr-2" operatsiyasi amalga oshirilib, Iroqdan 64 nafar o‘zbekistonlik bola mamlakatga olib kelindi. O‘tgan yil dekabr oyida “Mehr-3” doirasida yana 98 nafar o‘zbekistonlik ayollar va bolalar Vatanga qaytarildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/03/16120228_31:-1:1193:731_1920x0_80_0_0_cc89b22dd7ec494c4166854e8750ae00.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
“Mehr-4”: Afg‘onistondan 24 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi
17:53 03.03.2021 (yangilandi: 17:58 03.03.2021) “Mehr-4” operatsiyasi doirasida 24 nafar fuqaro Afg‘onistondan O‘zbekistonga qaytarildi. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, Termiz tumanidagi davolash va sog‘lomlashtirish markazi binosiga joylashtirilgan
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. “Mehr-4” operatsiyasi doirasida Afg‘onistondan 24 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati
xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, ular Afg‘oniston va Pokiston hududlarida tashkil etilgan xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qo‘shilib qolishgan. Keyinchalik Afg‘oniston hududiga o‘tishgan va ushbu hududda yashashgan.
Afg‘onistonning hamkor tashkilotlari ko‘magida olib kelingan ushbu shaxslar Surxondaryo viloyatining Termiz tumani hududida joylashgan “Ayritom” chegara posti orqali kutib olingan. Mahalliy OAVlarning yozishicha, olib kelinganlardan 19 nafarini bolalar tashkil etmoqda, 4 nafar bola yetim.
Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, viloyat hokimiyati, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari ishtirokida Termiz tumanidagi davolash va sog‘lomlashtirish markazi binosiga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda may oyida “Mehr-1” insonparvarlik operatsiyasi doirasida 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan, ayollar va bolalar Suriyadan
qaytarilgan edi. Keyinchalik “Mehr-2" operatsiyasi amalga oshirilib, Iroqdan 64 nafar o‘zbekistonlik bola mamlakatga
olib kelindi. O‘tgan yil dekabr oyida “Mehr-3” doirasida yana 98 nafar o‘zbekistonlik ayollar va bolalar Vatanga
qaytarildi.