https://oz.sputniknews.uz/20210303/Burnimdan-chidi-Samarandda-kngilkhushlik-uchun-chairilgan-izlar-smirni-tunab-ketdi--16116849.html
“Burnimdan chiqdi”: Samarqandda ko‘ngilxushlik uchun chaqirilgan qizlar o‘smirni tunab ketdi
“Burnimdan chiqdi”: Samarqandda ko‘ngilxushlik uchun chaqirilgan qizlar o‘smirni tunab ketdi
Sputnik O‘zbekiston
Ota-onasi uyda yo‘qligida “romantik oqshom” o‘tkazishni reja qilgan o‘smir bir emas, ikki qizni uyiga olib kelgan. Keyin uxlab qolgan, bundan qizlar "unumli"... 03.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-03T13:06+0500
2021-03-03T13:06+0500
2021-03-03T13:19+0500
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/199/22/1992258_154:201:1976:1226_1920x0_80_0_0_c637ccc1d2663e8aca370e9d9fbfbb80.jpg
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Samarqand viloyati Jomboy tumanida ko‘ngilxushlik qilish uchun chaqirilgan 2 nafar qiz mezbon o‘smirning uxlab qolganidan foydalanib o‘g‘rilik sodir etdi. Bu haqda “Zo‘r TV” telekanalining “Bu kun” dasturida ma’lum qilindi.Aniqlanishicha, ota-onasi yo‘qligidan foydalangan o‘g‘il 2020-yil 16-oktabr kuni kechasi 2 nafar qiz bilan “romantik oqshom” o‘tkazish maqsadida ularni yashash uyiga olib kelgan.Farg‘onada uchrashuvga chiqqan ayolni “yigiti” tunab ketdiO‘smir uxlab qolganidan foydalangan qizlar uydagi 15 million so‘mlik tilla taqinchoqlar, 1300 dollar miqdoridagi pullarni o‘marib, juftakni rostlashgan.Hodisadan bexabar ona tuman IIBga o‘g‘rilik sodir bo‘lgani to‘g‘risida ariza yozib murojaat qilgan.Qizlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Toshkentda fohisha mijozini tanishlari bilan tunadiTergov harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/199/22/1992258_276:92:1864:1283_1920x0_80_0_0_79a31ca6f6742dd6bde090d23c882eef.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar
“Burnimdan chiqdi”: Samarqandda ko‘ngilxushlik uchun chaqirilgan qizlar o‘smirni tunab ketdi
13:06 03.03.2021 (yangilandi: 13:19 03.03.2021) Ota-onasi uyda yo‘qligida “romantik oqshom” o‘tkazishni reja qilgan o‘smir bir emas, ikki qizni uyiga olib kelgan. Keyin uxlab qolgan, bundan qizlar "unumli" foydalanishgan.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Samarqand viloyati Jomboy tumanida ko‘ngilxushlik qilish uchun chaqirilgan 2 nafar qiz mezbon o‘smirning uxlab qolganidan foydalanib o‘g‘rilik sodir etdi. Bu haqda “Zo‘r TV” telekanalining “Bu kun” dasturida ma’lum qilindi.
Aniqlanishicha, ota-onasi yo‘qligidan foydalangan o‘g‘il 2020-yil 16-oktabr kuni kechasi 2 nafar qiz bilan “romantik oqshom” o‘tkazish maqsadida ularni yashash uyiga olib kelgan.
O‘smir uxlab qolganidan foydalangan qizlar uydagi 15 million so‘mlik tilla taqinchoqlar, 1300 dollar miqdoridagi pullarni o‘marib, juftakni rostlashgan.
Hodisadan bexabar ona tuman IIBga o‘g‘rilik sodir bo‘lgani to‘g‘risida ariza yozib murojaat qilgan.
“Sayoq yursang, tayoq yeysan degani rost ekan. Men bir romantik oqshom qilmoqchi edim. Burnimdan chiqdi. Tengqurlarimga tinchgina yurishlarini maslahat beraman. Oqshomni yaxshi o‘tkazaman deb el-yurt oldida sharmanda bo‘ldim”, — deydi romantik kecha “tashkilotchisi”
Qizlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.