https://oz.sputniknews.uz/20210303/Belarus-bosh-vaziri-rinbosari-Aleksandr-Subbotin-delegatsiya-tarkibida-Toshkentga-keladi-16115418.html
Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Subbotin delegatsiya tarkibida Toshkentga keladi
Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Subbotin delegatsiya tarkibida Toshkentga keladi
Sputnik O‘zbekiston
Safar dasturidan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarda muzokaralar o‘tkazish, Belarus-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida qatnashish... 03.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-03T10:28+0500
2021-03-03T10:28+0500
2021-03-03T10:28+0500
iqtisod
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0f/14541863_0:290:2868:1903_1920x0_80_0_0_28cc7a2d2fe2e459233cd75e8cb9a8d6.jpg
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Belarus Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Subbotin boshchiligidagi belarus delegatsiyasi 2021-yilning 3-5 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.Delegatsiya Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishida ishtirok etadi. Uchrashuv ikki mamlakat bosh vazirlari o‘rinbosarlari - Aleksandr Subbotin va Sardor Umurzoqov raisligida o‘tkaziladi.Safar dasturidan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarda muzokaralar o‘tkazish, Belarus-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida qatnashish, qo‘shma korxonalarga, belaruslik sheriklar bilan faol hamkorlik qilayotgan o‘zbek kompaniyalariga tashriflar o‘rin olgan."Tashrif doirasida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining birinchi o‘rinbosarlari darajasida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi", - deyiladi ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchixonasi saytida.Chet ellik mehmonlar mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Olmaliq va Samarqand shaharlarida bo‘ladilar.Delegatsiyaning rasmiy qismi sanoat, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat, ta’lim, tashqi ishlar, transport va kommunikatsiyalar, sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat standarti, Milliy Fanlar akademiyasi va boshqa bo‘limlarning rahbarlari tomonidan taqdim yetilgan.Delegatsiyaning rasmiy qismi sanoat, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat, ta’lim, tashvi ishlar, transport va kommunikatsiyalar, sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari, Davlat standarti, Milliy fanlar akademiyasi va boshqa idoralar rahbarlaridan tashkil topgan.Delegatsiyaning ishbilarmonlar qismini: belarusning mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatlari sohalari korxonalari rahbarlari, belarus yetakchi OTMlari rektorlari tashkil etmoqda.Ma’lumot uchun: 2020-yilda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 280,1 mln dollarni (2019 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 117,1% oshgan) tashkil etgan. Belarus tovarlari eksporti hajmi – 237,5 mln dollarni, import hajmi esa – 42,6 mln dollarni tashkil qildi.Kuni kecha, transport diplomatiyasi mavzusiga bag‘ishlangan doira suhbatida o‘zbek yuk tashuvchilari Belarus chegarasida o‘z huquqlari poymol etilayotganidan arz qilishgan edi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, agar chegara postidan kuniga 50ta fura o‘tayotgan bo‘lsa, ulardan faqat bittasi O‘zbekistonniki bo‘ladi. O‘zbekistondan kelayotgan yuk transportlarini qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tishga majbur etishmoqda va bu ko‘rik ba’zan bir haftaga cho‘zilib, o‘zbekistonlik yuk tashuvchilarga 400 dollarga tushmoqda.O‘zbekiston Transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev O‘zbekiston tomoni bu muammodan boxabarligini va ayni vaqtda unga yechim topish bilan shug‘ullanayotganini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210207/Men-atto-rib-ketaman-bazan-Lukashenko-Mirziev-islootlari-va-rezhalari-aida-15951572.html
https://oz.sputniknews.uz/20210110/a-men-batkaman-Lukashenko-khal-tomonidan-berilgan-laabga-knikkanini-tan-oldi-15755655.html
https://oz.sputniknews.uz/20180913/Aleksandr-Lukashenko-Minskda-zbekona-uslubda-elchikhona-urishni-taklif-ildi-9409504.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0f/14541863_103:0:2834:2048_1920x0_80_0_0_51471cdf071fc8965786ae595f1c2476.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, siyosat
Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Subbotin delegatsiya tarkibida Toshkentga keladi
Safar dasturidan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarda muzokaralar o‘tkazish, Belarus-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida qatnashish, qo‘shma korxonalarga, belaruslik sheriklar bilan faol hamkorlik qilayotgan o‘zbek kompaniyalariga tashriflar o‘rin olgan
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Belarus Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Subbotin boshchiligidagi belarus delegatsiyasi 2021-yilning 3-5 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Delegatsiya Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishida ishtirok etadi. Uchrashuv ikki mamlakat bosh vazirlari o‘rinbosarlari - Aleksandr Subbotin va Sardor Umurzoqov raisligida o‘tkaziladi.
Safar dasturidan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarda muzokaralar o‘tkazish, Belarus-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida qatnashish, qo‘shma korxonalarga, belaruslik sheriklar bilan faol hamkorlik qilayotgan o‘zbek kompaniyalariga tashriflar o‘rin olgan.
"Tashrif doirasida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining birinchi o‘rinbosarlari darajasida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi", - deyiladi ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchixonasi saytida.
Chet ellik mehmonlar mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Olmaliq va Samarqand shaharlarida bo‘ladilar.
Delegatsiyaning rasmiy qismi sanoat, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat, ta’lim, tashqi ishlar, transport va kommunikatsiyalar, sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat standarti, Milliy Fanlar akademiyasi va boshqa bo‘limlarning rahbarlari tomonidan taqdim yetilgan.
Delegatsiyaning rasmiy qismi sanoat, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat, ta’lim, tashvi ishlar, transport va kommunikatsiyalar, sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari, Davlat standarti, Milliy fanlar akademiyasi va boshqa idoralar rahbarlaridan tashkil topgan.
Delegatsiyaning ishbilarmonlar qismini: belarusning mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatlari sohalari korxonalari rahbarlari, belarus yetakchi OTMlari rektorlari tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun: 2020-yilda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 280,1 mln dollarni (2019 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 117,1% oshgan) tashkil etgan. Belarus tovarlari eksporti hajmi – 237,5 mln dollarni, import hajmi esa – 42,6 mln dollarni tashkil qildi.
Kuni kecha, transport diplomatiyasi mavzusiga bag‘ishlangan doira suhbatida o‘zbek yuk tashuvchilari Belarus chegarasida o‘z huquqlari poymol etilayotganidan arz qilishgan edi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, agar chegara postidan kuniga 50ta fura o‘tayotgan bo‘lsa, ulardan faqat bittasi O‘zbekistonniki bo‘ladi. O‘zbekistondan kelayotgan yuk transportlarini qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tishga majbur etishmoqda va bu ko‘rik ba’zan bir haftaga cho‘zilib, o‘zbekistonlik yuk tashuvchilarga 400 dollarga tushmoqda.
O‘zbekiston Transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev O‘zbekiston tomoni bu muammodan boxabarligini va ayni vaqtda unga yechim topish bilan shug‘ullanayotganini ta’kidladi.