https://oz.sputniknews.uz/20210303/BAA-energetika-vaziri-masalalar-16121208.html
Mirziyoyev BAA energetika vazirini qabul qildi – ko‘rib chiqilgan masalalar
Mirziyoyev BAA energetika vazirini qabul qildi – ko‘rib chiqilgan masalalar
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 03.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-03T19:44+0500
2021-03-03T19:44+0500
2021-03-03T20:31+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
toshkent
baa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/03/16121135_0:130:1280:853_1920x0_80_0_0_2ec1065690100c8a3bf2ad192b03cf87.jpg
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-BAA hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.Suhbatda xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda, shu jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, Amirliklar bozori va uchinchi mamlakatlarga yetkazish bo‘yicha agrosanoat tarmog‘ida qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.Muqobil energiyadan foydalanish sohasida, energetika va boshqa muhim infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy mehmonxona majmualarini barpo etish bo‘yicha yirik loyihalarni faol ishlab chiqish va amalga oshirishni davom ettirishga, shuningdek, yangi ishbilarmonlik tashabbuslari doirasida investitsiyalar portfelini kengaytirish va moliyaviy-texnik ko‘mak dasturlarini ro‘yobga chiqarishga kelishib olindi.Bundan tashqari, ta’lim sohasida samarali hamkorlikni kengaytirish hamda Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi tashkilotlari ishtirokida boshqaruv sohasida milliy kadrlarni tayyorlash muhim ekani ta’kidlandi.
o‘zbekiston
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/03/16121135_0:48:1280:853_1920x0_80_0_0_9273b52487f43f455870969295e9038d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, toshkent, baa
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, toshkent, baa
Mirziyoyev BAA energetika vazirini qabul qildi – ko‘rib chiqilgan masalalar
19:44 03.03.2021 (yangilandi: 20:31 03.03.2021) Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-BAA hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Suhbatda xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda, shu jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, Amirliklar bozori va uchinchi mamlakatlarga yetkazish bo‘yicha agrosanoat tarmog‘ida qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Muqobil energiyadan foydalanish sohasida, energetika va boshqa muhim infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy mehmonxona majmualarini barpo etish bo‘yicha yirik loyihalarni faol ishlab chiqish va amalga oshirishni davom ettirishga, shuningdek, yangi ishbilarmonlik tashabbuslari doirasida investitsiyalar portfelini kengaytirish va moliyaviy-texnik ko‘mak dasturlarini ro‘yobga chiqarishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, ta’lim sohasida samarali hamkorlikni kengaytirish hamda Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi tashkilotlari ishtirokida boshqaruv sohasida milliy kadrlarni tayyorlash muhim ekani ta’kidlandi.