O‘zbekistonda Xitoy vaksinasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishMassovaya vaksinatsiya ot COVID-19 v Rossii
Massovaya vaksinatsiya ot COVID-19 v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Obuna bo‘lish
Xitoy tomonidan O‘zbekiston yordamida ishlab chiqarilgan vaksina ZF-UZ-VAC 2001 - davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
TOShKENT, 2 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 
"Bugun, 2021-yil 1-mart kuni ZF-UZ-VAC2001 koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell) vaksina tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi", - deyilgan xabarda. 
Eslatib o‘tamiz, ushbu vaksina Xitoyning Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Vaksina yaratishda va sinovdan o‘tkazishda O‘zbekiston hissasi va ca’y-harakatlarini inobatga olgan holda, Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonni hammuallif sifatida tan olgan va yangi vaksinaga ZF-UZ-VAC 2001 nomi berilgan edi.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi ham O‘zbekistonda 17-fevral kuni ommaviy qo‘llanishga ruxsat beruvchi sertifikat olgan edi. Bugungi kunda "Sputnik V" 30dan ortiq mamlakatlarda qo‘llanish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Rossiyaning o‘zida vaksinaning birinchi komponentini olganlar soni 4,1 mln kishidan, to‘liq vaksinalanganlar soni 1,2 mln kishidan oshdi. 
 
Yangiliklar lentasi
0