https://oz.sputniknews.uz/20210302/aysi-parollar-2020-yilda-ommabop-bldi-16110016.html
Qaysi parollar 2020-yilda ommabop bo‘ldi
Qaysi parollar 2020-yilda ommabop bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan yili eng ommabop bo‘lgan parollar ro‘yxati e’lon qilindi. 123456 birikmasi avvalgidek ommabopligicha qolmoqda. 02.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-02T14:06+0500
2021-03-02T14:06+0500
2021-03-02T14:06+0500
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1c/15887219_0:320:3073:2048_1920x0_80_0_0_790fadfbac4d3c7d457684ebb5abf857.jpg
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. DLBI ma’lumotlar sizishi razvedkasi xizmati 2020-yilda eng ommabop bo‘lgan parollar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar qilmoqda.123456 birikmasi avvalgidek eng ommabop parol bo‘lib qolmoqda. Reytingda 123456789 va 000000 ham yuqori o‘rindan joy olgan. Birinchi marta unda “asdasd” va “asdfghjkl”, kirill yozuvidagi “marina” paydo bo‘lgan.Shu bilan birga “qwerty” birikmasidagi parollar yetakchi pog‘onalardagi o‘rnini yo‘qotgan. Ular o‘tgan yili ro‘yxatning birinchi yarmini egallagandi. Lekin bu birikmalar faqat harflardan iborat parollar orasida yetakchi.Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, inglizcha “password”, “iloveyou”, “dragon” va “monkey”kodlari eng ko‘p tarqalgan. Kirill yozuvida esa “ysuken” (o‘tgan yili ikkinchi o‘rinda edi), “parol” (2019 yil yetakchisi), “ya”, “lyubov” va “privet” eng ko‘p foydalanilgan.Eng ommabop o‘ntalikka “natasha”, “maksim”, “lyublyu”, “andrey” va “marina” ham kiritilgan.Bundan tashqari, 2020-yilda koronavirus bilan bog‘liq parollar paydo bo‘lgan. Masalan, “covid19”, “korona”, “epidemic”, “COVID19_Access”, “pandemic”, “coronavirus”.
https://oz.sputniknews.uz/20210102/Ekspert-smartfonlarda-2021-yilda-anday-funktsiyalar-paydo-blishini-aytdi-15717482.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1c/15887219_135:0:2866:2048_1920x0_80_0_0_a551db94838eaa1278951488fa016c92.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda
Qaysi parollar 2020-yilda ommabop bo‘ldi
O‘tgan yili eng ommabop bo‘lgan parollar ro‘yxati e’lon qilindi. 123456 birikmasi avvalgidek ommabopligicha qolmoqda.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. DLBI ma’lumotlar sizishi razvedkasi xizmati 2020-yilda eng ommabop bo‘lgan parollar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “Izvestiya” nashri
xabar qilmoqda.
123456 birikmasi avvalgidek eng ommabop parol bo‘lib qolmoqda. Reytingda 123456789 va 000000 ham yuqori o‘rindan joy olgan. Birinchi marta unda “asdasd” va “asdfghjkl”, kirill yozuvidagi “marina” paydo bo‘lgan.
Shu bilan birga “qwerty” birikmasidagi parollar yetakchi pog‘onalardagi o‘rnini yo‘qotgan. Ular o‘tgan yili ro‘yxatning birinchi yarmini egallagandi. Lekin bu birikmalar faqat harflardan iborat parollar orasida yetakchi.
Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, inglizcha “password”, “iloveyou”, “dragon” va “monkey”kodlari eng ko‘p tarqalgan. Kirill yozuvida esa “ysuken” (o‘tgan yili ikkinchi o‘rinda edi), “parol” (2019 yil yetakchisi), “ya”, “lyubov” va “privet” eng ko‘p foydalanilgan.
Eng ommabop o‘ntalikka “natasha”, “maksim”, “lyublyu”, “andrey” va “marina” ham kiritilgan.
Bundan tashqari, 2020-yilda koronavirus bilan bog‘liq parollar paydo bo‘lgan. Masalan, “covid19”, “korona”, “epidemic”, “COVID19_Access”, “pandemic”, “coronavirus”.