"Sputnik V"ni O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda – Lavrov

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishVaksina "Sputnik-V"
Vaksina Sputnik-V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda – RF Tashqi ishlar vaziri.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. RIA Novosti xabariga asosan.
Vaksina kuchi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi emlash - eng dolzarb ma’lumot
RF Tashqi ishlar vazirligi rahbari shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Moskvada ekanligini ta’kidladi.
"Shu kunlarda O‘zbekistonda aholini ommaviy emlash boshlanadi ... “Sputnik V"  vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, u tezkor tartibda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Biz bu yo‘nalishda hamkorligimizni juda qadrlaymiz", -  dedi Lavrov O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida.
Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi dunyoda birinchi "Sputnik V" vaksinasi 17-fevral kuni O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0