https://oz.sputniknews.uz/20210302/Solidan-arzi-blgan-korkhonalar-yuridik-manzilini-zgartira-olmaydi---DS-16108726.html
Soliqdan qarzi bo‘lgan korxonalar yuridik manzilini o‘zgartira olmaydi - DSQ
Soliqdan qarzi bo‘lgan korxonalar yuridik manzilini o‘zgartira olmaydi - DSQ
Sputnik O‘zbekiston
Ushbu yilning 4-martidan boshlab korxona yuridik manzilini o‘zgartirish soliq organining elektron xulosasi asosida amalga oshiriladi. 02.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-02T12:18+0500
2021-03-02T12:18+0500
2021-03-02T12:20+0500
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/722/61/7226119_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_44dc8607ad42c97b1e6d08c134623d64.jpg
TOShKENT, 2 mar - Sputnik. Soliq majburiyatini bajarmagan tadbirkorlar yuridik manzilini o‘zgartira olmaydi. Bu haqida Davlat soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 dekabrdagi 763-son qaroriga asosan, korxona yuridik manzilini o‘zgartirish uchun soliq organining elektron xulosasi kerak bo‘lishi belgilab qo‘yilgan edi. Ushbu qonun normasi 4-martdan boshlab kuchga kiradi. Soliq organining elektron xulosasini olish uchun quyidagi 4ta majburiyat bajarilishi kerak:
Bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari (73,5 mln. so‘m)dan ortiq soliq qarzi yo‘qligi
Amalga oshirilgan tovar aylanma hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilganligi
Tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilganligi
Soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda topshirilganligi
Tadbirkorlar ushbu talablarni bajargan holda, qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Aks holda - rad javobi beriladi. Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 dekabrdagi 763-son qaroriga asosan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirishlar kiritilgan edi.Yaqinda Soliq qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan shubhali operatsiyalar amalga oshirgan yuridik shaxslar orasida, soliq majburiyatlarini bajarmaslik uchun yuridik manzilini o‘zgartirish holatlari tez-tez uchrab turishi aytib o‘tilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/722/61/7226119_294:0:1194:675_1920x0_80_0_0_06897d167024371ee4fa677ec7ba5722.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod
Soliqdan qarzi bo‘lgan korxonalar yuridik manzilini o‘zgartira olmaydi - DSQ
12:18 02.03.2021 (yangilandi: 12:20 02.03.2021) Ushbu yilning 4-martidan boshlab korxona yuridik manzilini o‘zgartirish soliq organining elektron xulosasi asosida amalga oshiriladi.
TOShKENT, 2 mar - Sputnik. Soliq majburiyatini bajarmagan tadbirkorlar yuridik manzilini o‘zgartira olmaydi. Bu haqida Davlat soliq qo‘mitasining matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 dekabrdagi 763-son qaroriga asosan, korxona yuridik manzilini o‘zgartirish uchun soliq organining elektron xulosasi kerak bo‘lishi belgilab qo‘yilgan edi. Ushbu qonun normasi 4-martdan boshlab kuchga kiradi.
Soliq organining elektron xulosasini olish uchun quyidagi 4ta majburiyat bajarilishi kerak:
- Bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari (73,5 mln. so‘m)dan ortiq soliq qarzi yo‘qligi
- Amalga oshirilgan tovar aylanma hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilganligi
- Tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilganligi
- Soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda topshirilganligi
Tadbirkorlar ushbu talablarni bajargan holda, qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Aks holda - rad javobi beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 dekabrdagi 763-son qaroriga asosan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirishlar kiritilgan edi.
Yaqinda Soliq qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan shubhali operatsiyalar amalga oshirgan yuridik shaxslar orasida, soliq majburiyatlarini bajarmaslik uchun yuridik manzilini o‘zgartirish holatlari tez-tez uchrab turishi aytib o‘tilgan edi.