https://oz.sputniknews.uz/20210302/Rossiya-bilan-muntazam-parvozlar-qachon-tiklanadi--transport-vaziri-orinbosari-javobi-16108558.html
Rossiya bilan muntazam parvozlar qachon tiklanadi – transport vaziri oʻrinbosari javobi
Rossiya bilan muntazam parvozlar qachon tiklanadi – transport vaziri oʻrinbosari javobi
Oʻzbekiston transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyevning soʻzlariga koʻra, hozir mamlakat Rossiya maxsus komissiyasi talab qilgan standartlarga mos keladi. 02.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-03-02T12:05+0500
2021-03-02T12:05+0500
2021-03-02T12:38+0500
jamiyat
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/02/16108608_0:269:2730:1813_1920x0_80_0_0_55832f89b79759299cbaed7077697071.jpg
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati Rossiya maxsus komissiyasiga muntazam parvozlarni qayta tiklashni taklif qilib, murojaat yoʻlladi. Bu haqda transport vazirining oʻrinbosari Jasurbek Choriyev “Oʻzbekiston Respublikasining transport diplomatiyasi: mintaqaviy hamkorlikning xalqaro-huquqiy asoslari” mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati davomida maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.Uning soʻzlariga koʻra, mamlakat Rossiya hukumati talab qiladigan talablarni oʻrganib chiqqan: kasallanish darajasi, aholi boshiga kasallanish holatlari va kasallanish surʼati.“Mamlakatimiz Rossiya maxsus komissiyasi tomonidan oʻrnatilgan barcha mezonlarga mos keladi. Muntazam parvozlarni qayta tiklash uchun toʻliq asosimiz bor. Hozircha rossiyalik hamkasblarimizning javobini kutyapmiz”, - dedi Choriyev.Transport vaziri oʻrinbosari ikki mamlakat oʻrtasida muntazam parvozlarning tiklanish muddati borasida ham fikr bildirdi.“Oʻylaymanki, mart-aprel oyida biror bir ijobiy javob boʻladi. Chunki biz Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni taqdim etganimizga qaramay hozircha javob olmadik", - deya fikr bildirdi u.Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Rossiya chegaralarini boshqa mamlakatlar bilan koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yaxshilanishiga qarab bosqichma-bosqich ochishini maʼlum qilgani xabar qilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210302/Matvienko-Rossiya-chegaralarini-bosichma-bosich-ochadi-16106173.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/02/16108608_0:183:2730:1899_1920x0_80_0_0_d285271f081e73d75c0feee3baac7adf.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Rossiya bilan muntazam parvozlar qachon tiklanadi – transport vaziri oʻrinbosari javobi
12:05 02.03.2021 (yangilandi: 12:38 02.03.2021) Oʻzbekiston transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyevning soʻzlariga koʻra, hozir mamlakat Rossiya maxsus komissiyasi talab qilgan standartlarga mos keladi.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati Rossiya maxsus komissiyasiga muntazam parvozlarni qayta tiklashni taklif qilib, murojaat yoʻlladi. Bu haqda transport vazirining oʻrinbosari Jasurbek Choriyev “Oʻzbekiston Respublikasining transport diplomatiyasi: mintaqaviy hamkorlikning xalqaro-huquqiy asoslari” mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati davomida maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda
Sputnik muxbiri.
Uning soʻzlariga koʻra, mamlakat Rossiya hukumati talab qiladigan talablarni oʻrganib chiqqan: kasallanish darajasi, aholi boshiga kasallanish holatlari va kasallanish surʼati.
“Mamlakatimiz Rossiya maxsus komissiyasi tomonidan oʻrnatilgan barcha mezonlarga mos keladi. Muntazam parvozlarni qayta tiklash uchun toʻliq asosimiz bor. Hozircha rossiyalik hamkasblarimizning javobini kutyapmiz”, - dedi Choriyev.
Transport vaziri oʻrinbosari ikki mamlakat oʻrtasida muntazam parvozlarning tiklanish muddati borasida ham fikr bildirdi.
“Oʻylaymanki, mart-aprel oyida biror bir ijobiy javob boʻladi. Chunki biz Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni taqdim etganimizga qaramay hozircha javob olmadik", - deya fikr bildirdi u.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Rossiya chegaralarini boshqa mamlakatlar bilan koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yaxshilanishiga qarab bosqichma-bosqich ochishini maʼlum qilgani
xabar qilgan edi.