Qirg‘iziston O‘zbekistondan elektr energiyasini import qilmoqchi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2021
Obuna bo‘lish
Sadir Japarov Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan elektr energiyasini ehtimoliy yetkazib berish borasida muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Qirg‘iziston O‘zbekiston va Qozog‘istondan elektr energiyasini import qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.
“Biz Qozog‘iston va O‘zbekistondan elektr energiyasini import qilish masalasini ko‘rib chiqapmiz”, - dedi u “Kazinform” XAAga bergan intervyusida. Intervyu matni davlat rahbarining rasmiy saytida chop qilingan.
Japarov hozir dunyoda suv tanqisligi mavjudligi va shunga o‘xshash muammolar Qirg‘izistonni ham chetlab o‘tmasligini ta’kidladi.
Guzor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
"G‘uzor-Regar" elektr tarmog‘ini tiklash boshlandi
“Ta’kidlash joizki, Toktogul suv omborimizdagi vaziyat hozirgidek rivojlansa, u halokatga olib keladigan ahvolga keladi”, - deya istisno qilmadi u.
“Qozog‘iston Respublikasi mamlakatimizga 0,9-1 milliard kVt elektr energiyasini eksport qilishga tayyorligi haqida xabardor qildi. Biz o‘z navbatida O‘zbekiston bilan ham muzokaralar olib bormoqdamiz”, - deydi Japarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Qirg‘iziston yetkazib berishni tashqaridan ta’minlamasa, respublika bu masalani mustaqil hal qilishiga to‘g‘ri keladi, “biroq buning natijasida vegatatsion paytda hech kimga suv yetmaydi”.
“Va natijada Toktogul suv omboridagi suv sathi pasayadi. Shu bois Qozog‘iston va O‘zbekistondan energiyani import qilishimiz darkor”, - deya tushuntirdi Qirg‘iziston yetakchisi.
Yangiliklar lentasi
0