To‘rt milliondan ziyod O‘zbekiston aholisi koronavirusga qarshi bepul emlanadi – ro‘yxat

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik nabirayet v shpris vaksinu ot COVID-19
Meditsinskiy rabotnik nabirayet v shpris vaksinu ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 4,1 mln nafar aholini COVID-19ga qarshi emlash ko‘zda tutilmoqda. Birinchi navbatda emlanadigan kishilarning batafsil ro‘yxati e’lon qilindi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati O‘zbekistonda birinchi navbatda koronavirusga qarshi emlanadigan kishilar ro‘yxatini e’lon qildi. Joriy yilda 4 112 668 nafar aholini COVID-19ga qarshi bilan emlash ko‘zda tutilmoqda.
Emlanadigan kishilar ro‘yxati:
  • qariyalar 65 yoshdan 74 yoshgacha – 1 085 797 nafar;
  • keksalar 75 yoshdan 84 yoshgacha – 388 686 nafar;
  • uzoq umr ko‘ruvchilar 85 yosh va undan yuqori – 139 280 nafar;
  • tibbiyot xodimlari – 447 976 nafar;
  • surunkali kasalliklari bor aholi – 888 190 nafar;
  • maktab o‘qituvchilari – 689 383 nafar;
  • maktabgacha ta’lim xodimlari – 223 426 nafar;
  • qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari – 180 000 nafar.
Eslatiz o‘tamiz, avvalroq innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova aholini koronavirusga qarshi emlashda “Sputnik V” va “ZF-UZ-VAC 2001” Xitoy-O‘zbekiston vaksinasidan foydalanish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0