O‘zbek kurashchilari Ukrainada 11ta medal qo‘lga kiritishdi

© Assotsiatsiya sportivnoy borbi UzbekistanaBores greko-rimskogo stilya Ilxom Baxromov
Bores greko-rimskogo stilya Ilxom Baxromov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik erkin kurashchilari 2ta oltin, 1ta kumush, 3ta bronza, yunon-rum kurashchilari esa 5ta medalni qo‘lga kiritishdi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik erkin kurashchilari 2ta oltin, 1ta kumush, 3ta bronza, yunon-rum kurashchilari esa 5ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Ukraina poytaxti Kiyev shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir yakunlandi.
O‘z tarixida yigirmanchi marta tashkil etilgan musobaqada dunyoning 20dan ortiq davlati kurashchilari uch kun davomida medallar uchun gilamga chiqishdi.
© Ministerstvo sporta UzbekistanaUzbekskie borsi zavoyevali 11 medali na turnire v Ukraine
Uzbekskie borsi zavoyevali 11 medali na turnire v  Ukraine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Yakunda o‘zbek erkin kurashchilari 2ta oltin, 1ta kumush, 3ta bronza, yunon-rum kurashchilari esa 5ta medalni qo‘lga kiritishdi. G‘ulomjon Abdullayev va Ilyas Bekbulatov o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.
Erkin kurash musobaqasida sovrindor bo‘lgan sportchilar:
Oltin medal
57 kg: G‘ulomjon Abdullayev
70 kg: Ilyas Bekbulatov
Kumush medal
57 kg: Nodirjon Safarov
Bronza medal
57 kg: Mahmudjon Shavkatov
79 kg: Bekzod Abdurahmonov
86 kg: Javrail Shapiyev
Yunon-rum kurashi musobaqasida sovrindor bo‘lgan sportchilar:
Bronza medal
55 kg: Ilhom Bahromov
67 kg: Aram Vardanyan
82 kg: Jalgasbay Berdimuratov
87 kg: Rustam Assakalov
130 kg: Mo‘minjon Abdullayev
Yangiliklar lentasi
0