Mamlakat bo‘ylab sayohat uchun chegirmalar va turistik yig‘im miqdori tasdiqlandi

© Sputnik / Mariya NaumenkoNa territorii kreposti Ichan-Kala v Xive
Na territorii kreposti Ichan-Kala v Xive - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2021
Obuna bo‘lish
Hukumat qarori bilan ichki sayohatlarga 50 foizgacha subsidiyalar berish tartibi va joylashtirish vositalaridan undiriladigan mahalliy turistik yig‘im miqdori tasdiqlandi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Vazirlar Mahkamasi o‘z qarori bilan O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan joylashtirish vositasidan undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini tasdiqladi. Bu bazaviy hisoblash miqdorining 0,4 foizi oki 980 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar qilmoqda.
Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
O‘zbekistonliklar uchun ichki sayohatlar 40 foizgacha arzonlashtiriladi
Yig‘im prezidentning fevralda imzolagan farmoni bilan joriy etilgan va 1-martdan yashagan har bir kun uchun to‘lanadi. Yig‘imdan tushgan mablag‘lar ichki turizmni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bunga qadar turistik yig‘im faqat chet elliklardan undirilgan.
Shuningdek, hukumat qarori bilan O‘zbekiston bo‘ylab sayohat uchun xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi belgilangan.
Yangi yo‘lga qo‘yilayotgan aviaqatnovlarga chiptalar 25 foiz arzon sotilib, ushbu chipta turoperatorlar orqali xarid qilinsa yana 15 foiz va umumiy 40 foiz chegirma taqdim etiladi. Shuningdek, turoperatorlar orqali xarid qilingan temiryo‘l chiptalariga 15 foiz, mehmonxona xizmatlariga 10 foiz qo‘shimcha chegirmalar berilishi belgilab berildi.
“Farg‘ona vodiysidan qadimiy Xiva shahriga sayohat” turpaketini 5 kishidan iborat bir oila 6,6 mln so‘mga (avia va mehmonxona xizmati)  xarid qilganda turoperatorlar tomonidan davlat subsidiyasi hisobiga fuqarolarimizga 2 mln so‘m chegirmalar berilib, 4,6 mln so‘mni tashkil etadi. Bunda, subsidiyalanadigan avia va temir yo‘l yo‘nalishlari, shuningdek, aviachipta hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari narxlarining subsidiyaladigan eng yuqori (cheklangan) darajasi (summasi) Maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
2020 yilda turizm sohasida joriy etilgan soliq imtiyozlari 2021 yil oxiriga qadar uzaytirilgan.
Yangiliklar lentasi
0