Jamiyat

Mahallalarda uzuluksiz videokuzatuv tizimi oʻrnatiladi - yangi qonun

© AFP / TOLGA AKMENKamera videonablyudeniya
Kamera videonablyudeniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, oʻgʻirliklarni oldini olish maqsadida - mahallalarda videokuzatuv tizimi tashkil etiladi.
TOSHKENT, 1 mar – Sputnik. Mahallalarda elektron kuzatuv maskanlari tashkil etiladi. Ushbu maskanlarni tashkil etilda xususiy sektor mablagʻlari jalb etiladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif qilingan yangi qaror loyihasida aytib oʻtilgan.
Konditsionirovannыe avtobusы v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.08.2019
Jamiyat
Toshkentda avtobuslarga videokuzatuv kameralari oʻrnatish boshlandi
“2021 yil 1 iyun kunidan, mahalla fuqarolar yigʻinlarida barpo etilgan ayrim “Jamoatchilik nazorati maskanlari” binolari (yoki yer maydonlari)ni videokameralar oʻrnatish sharti bilan, tadbirkorlik subʼyektlariga ijaraga berish va ular negizida “Elektron kuzatuv maskani” faoliyatini tashkil etish yoʻlga qoʻyilsin. <...> 
Tadbirkorlik subʼyektlari Maskanlarda mahallaga kirish koʻchalarini toʻliq video kuzatuvini amalga oshirishi uchun oʻz hisobidan videokameralar hamda video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatishi va hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismidagi “Vaziyatni kuzatish markazlari” bilan majburiy integratsiyalashi zarur”, - deyilgan qaror matnida.
Videokuzatuv tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
  • Maskan joylashgan shoh koʻchalarning kirish joylariga zamonaviy, IP-texnologiyalariga asoslangan videokuzatuv moslamalari
  • tungi paytda hududini atrofini yoritish jihozlarini oʻrnatilgan boʻlishi
  • videokuzatuv tizimidagi videoarxiv fayllari 30 kundan kam boʻlmagan muddatda saqlanishi;
  • videokameralar va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun 8 soatdan kam boʻlmagan zaxira elektr taʼminoti (UPS) boʻlishi;
  •  Videokameralar va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismidagi “Vaziyatni kuzatish markazlari” bilan integratsiya qilish talablariga javob berishi lozim.
Undan tashqari mahallalar elektron kuzatuv maskanlarida koʻngilli yoshlardan iborat guruhlarning soat 20:00 dan 00:00ga qadar navbatchilik qilishini yoʻlga qoʻyish ham rejalashtirilgan.
Dastlabki bosqichda ushbu tizim respublikadagi 11ta mahallada sinov tariqaisda joriy etilishi rejalashtirilgan.
Qarorning toʻliq matni bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0