https://oz.sputniknews.uz/20210301/Coliq-mamuriyatchiligini-yanada-takomillashtirishga-oid-ukumat-qarori-tayrlandi-16102109.html
Coliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga oid hukumat qarori tayyorlandi
Coliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga oid hukumat qarori tayyorlandi
Sputnik O‘zbekiston
DSQ soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlashga doir vazirlar mahkamasi qarori loyihasini tayyorladi. 01.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-01T19:03+0500
2021-03-01T19:03+0500
2021-03-01T19:04+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1155/59/11555942_8:0:1274:712_1920x0_80_0_0_a69530abee03c6d5a4d2287d5e5f7316.jpg
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. “Coliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish hamda budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.Loyihada Davlat soliq qo‘mitasi va tijorat banklari o‘rtasida soliq to‘lovchilarning to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha onlayn axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;- soliq to‘lovchining mol-mulklarini axborot tizimlari orqali aniqlash va ularga elektron taqiq qo‘yish tizimi joriy qilish, ularning mol-mulkini xatlash hamda xatlovni o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarni (mol-mulkni tashish, saqlash va h.k.) qoplash manbaini belgilash;- soliq to‘lovchining boshqa shaxslarga o‘tkazilgan tushumlari va daromadlarini aniqlash mezonlarini hamda soliq qarzini ushbu shaxslardan undirish tartibini belgilash;- soliqlarni to‘lash muddatini kechiktirish bo‘yicha murojaat qilgan shaxslarning moliyaviy holatini tahlil qilish tartibini belgilash nazarda tutilmoqda.Hujjatga quyidagilar ilova qilingan:“Yuridik shaxslarning bajarilmagan soliq majburiyatlari bo‘yicha ularning mol-mulkini xatlash va taqiq qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizom;“Tadbirkorlik subyektlarining soliqlar va yig‘imlardan qarzdorliklarini boshqa shaxslarga o‘tkazilgan pul mablag‘lari yoki mol-mulklari hisobidan undirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom;“Soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirishda manfaatdor shaxslarning moliyaviy holatini tahlil qilish tartibi to‘g‘risidagi” nizom.
https://oz.sputniknews.uz/20210220/Soli-mitasi-a-blib-chidi----92--korkhonalarda-albaki-tlovlar-amalga-oshirilgan-16052033.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1155/59/11555942_166:0:1115:712_1920x0_80_0_0_5d89119892cae6db5dcdc5bcae4cdfa4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
Coliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga oid hukumat qarori tayyorlandi
19:03 01.03.2021 (yangilandi: 19:04 01.03.2021) DSQ soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlashga doir vazirlar mahkamasi qarori loyihasini tayyorladi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. “Coliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish hamda budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.
Loyihada Davlat soliq qo‘mitasi va tijorat banklari o‘rtasida soliq to‘lovchilarning to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha onlayn axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
- soliq to‘lovchining mol-mulklarini axborot tizimlari orqali aniqlash va ularga elektron taqiq qo‘yish tizimi joriy qilish, ularning mol-mulkini xatlash hamda xatlovni o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarni (mol-mulkni tashish, saqlash va h.k.) qoplash manbaini belgilash;
- soliq to‘lovchining boshqa shaxslarga o‘tkazilgan tushumlari va daromadlarini aniqlash mezonlarini hamda soliq qarzini ushbu shaxslardan undirish tartibini belgilash;
- soliqlarni to‘lash muddatini kechiktirish bo‘yicha murojaat qilgan shaxslarning moliyaviy holatini tahlil qilish tartibini belgilash nazarda tutilmoqda.
Hujjatga quyidagilar ilova qilingan:
“Yuridik shaxslarning bajarilmagan soliq majburiyatlari bo‘yicha ularning mol-mulkini xatlash va taqiq qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizom;
“Tadbirkorlik subyektlarining soliqlar va yig‘imlardan qarzdorliklarini boshqa shaxslarga o‘tkazilgan pul mablag‘lari yoki mol-mulklari hisobidan undirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom;
“Soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirishda manfaatdor shaxslarning moliyaviy holatini tahlil qilish tartibi to‘g‘risidagi” nizom.