Abu-Dabidagi qurol aslaha ko‘rgazmasida Rossiya nimalarni namoyish etdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishVistavka oboronnoy promishlennosti IDEX-2021 v Abu-Dabi
Vistavka oboronnoy promishlennosti IDEX-2021 v Abu-Dabi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2021
Obuna bo‘lish
Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan eng yirik eng yirik uqurol-aslaha ko‘rgazmasida dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlari ishtirok etdi. Ushbu ko‘rgazmada Rossiya stendi diqqat markazida bo‘ldi.
TOShKENT, 1 mar - Sputnik. BAA poytaxti Abu-Dabida IDEX – eng yirik uqurol-aslaha ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda 30 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etishdi. Rossiya ham ushbu ko‘rgazmada “Armata” tanklaridan tortib jami 400dan ortiq qurol-aslaha va harbiy uskuna namunalarini namoyish etdi.
Rossiya stendi markazida Kalashnikov konsernining yangi avtomati AK-19 o‘rin oldi.  Bu safar rossiya ma’lum va mashhur “AK-47” ning yangisi, 5,56 millimetrli NATO standartidagi patronga moslashgan AK-19ni taqdim etishdi.
“Bizning AK-19, nato patroniga moslashgan, narxi bilan ham, sifati bilan ham, o‘z xususiyatlari bilan ham – juda yaxshi. Shuni usun unga talab katta bo‘ladi deb hisoblaymiz”, - Rostex raxbari Sergey Chemezov.
Ko‘rgazmaga Rossiya yana bir avtomat – “Kord”ni olib kelgan edi. O‘z vaqtida ushbu qurol maxsus kuchlar uchun ishlab chiqarilgan bo‘lib u shovqinsiz va “ortga zarba” bermasdan o‘q uzadi. Ayni damda ushbu qurol barchani qiziqtirmoqda.
© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishVistavka oboronnoy promishlennosti IDEX-2021 v Abu-Dabi
Vistavka oboronnoy promishlennosti IDEX-2021 v Abu-Dabi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Rossiya shuningdek S-400ning yangi modiqikatsiyasini, T-14 “Armata” tanklarini va zirhlangan harbiy avtomobillar va Aurus limuzinini taqdim etdi.
Harbiy ekspertlar “Armata” tankini ekipaj himoyasi, ekpajsiz harakatlanish xususiyati, “sun’iy ong” va boshqa ko‘rsatgichlari bo‘yicha – dunyoda eng yaxshi tank deb atashmoqda.
Ushbu ko‘rgazmada Rossiya yana bir taqdimot o‘tkazdi – uchuvchisiz apparatlarga qarshi kurash vositasi . “Kupola”  nomli moslama xoch shaklidagi antenna va bir necha shlyapasimon qubbalarga ega bo‘lib u diametri 20 km bo‘lgan ko‘rinmas elektromagnit himoya qubbasi yaratishi mumkin. Bunday qubba har qanday neft zavodim yoki harbiy bazani uchuvchisiz  apparatlardan va razvedka dronlaridan himoya qilishi mumkin.
Yana bir yangi qurol - Pansir-S1M. Uning raketlari oldingi Pansirga nisbatan 1,5 barobar uzoqlikka uchishi mumkin va nishonga zarba berishda yangi algoritmdan foydalaniadi.
“Uning raketalarida kontaktli datchik yo‘q. Raketa katta tezlikda harakatlanib, nishon oldida portlaydi va nishon yo‘lida oskolkalardan iborat ulkan tuman maydi bo‘ladi”, - deydi konstruktorlik buro vakili Valeriy Slugin.
Yaqin Sharqda Rossiya qurolini yaxshi bilishadi va hurmat qilishadi. Rossiya qurol-aslaha eksportining 50% ushbu hududga to‘g‘ri keladi.
Yangiliklar lentasi
0