O‘zbekistonliklar bahorning ilk kunini qanday ob-havo bilan qarshi olishadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVesna v Tashkente
Vesna v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2021
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘ylab iliq ob-havo kuzatiladi. Kunduz kunlari harorat 13—17 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zgidromet 1-mart, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Shamol sharqdan 3—8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq—1 daraja iliq, kunduzi 13—15 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 8—13 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq—2 daraja iliq, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda kuzatilishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0