https://oz.sputniknews.uz/20210228/Shovotlandiya-kafesiga-t-yganganlikda-gumonlanuvchi-shakhs-lga-olindi-16090150.html
“Shovotlandiya” kafesiga o‘t qo‘yganganlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi
“Shovotlandiya” kafesiga o‘t qo‘yganganlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Aniqlanishicha, besh kishining o‘limiga sabab bo‘lgan kafedagi yong‘in sababchisi muqaddam sudlangan samarqandlik. 28.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-28T09:58+0500
2021-02-28T09:58+0500
2021-02-28T09:58+0500
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1c/16090114_0:44:1251:750_1920x0_80_0_0_ff2a4997a6fe40edb9e14782c00966c7.jpg
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Shovotlandiya” kafesiga qasddan o‘t qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.Tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida aniqlanishicha, binoga qasddan yong‘in yetkazgan shaxs 2021-yilning 27-fevral kuni soat 03:30 larda “Matiz”da manzilga kelib, bino devorlariga o‘zi bilan olib kelgan shisha idishdagi suyuqlikni sepgan. So‘ng yana bir idishdagi suyuqlikni bino ichkarisiga otgan va alanga chiqishini kuzatgan. Yong‘in sodir bo‘lganidan so‘ng voqea joyini yashirincha tark etgan.Ushbu jinoyatni muqaddam O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi (juda ko‘p miqdorda bosqinchilik), 168-moddasi 3-qismi (ko‘p miqdorda firibgarlik), 127-moddasi 3-qismi (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan sudlangan Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi S.F. sodir etilgani aniqlangan va u ushlangan.Holat yuzasidan JKning 173-moddasi 2-qismi “b, v” bandlari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Eslatib o‘tamiz, “Shovotlandiya” kafesida chiqqan yong‘in natijasida mazkur kafeda ishlagan va ashagan besh kishi halok bo‘lgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210121/MIBga-norozilik-sifatida-ziga-t-ymochi-blgan-al-utarib-olindi-15838500.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1c/16090114_0:0:1195:750_1920x0_80_0_0_03c9520c3776173c3c89334fa7b7ad63.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar
“Shovotlandiya” kafesiga o‘t qo‘yganganlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi
Aniqlanishicha, besh kishining o‘limiga sabab bo‘lgan kafedagi yong‘in sababchisi muqaddam sudlangan samarqandlik.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Shovotlandiya” kafesiga qasddan o‘t qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida aniqlanishicha, binoga qasddan yong‘in yetkazgan shaxs 2021-yilning 27-fevral kuni soat 03:30 larda “Matiz”da manzilga kelib, bino devorlariga o‘zi bilan olib kelgan shisha idishdagi suyuqlikni sepgan. So‘ng yana bir idishdagi suyuqlikni bino ichkarisiga otgan va alanga chiqishini kuzatgan. Yong‘in sodir bo‘lganidan so‘ng voqea joyini yashirincha tark etgan.
Ushbu jinoyatni muqaddam O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi (juda ko‘p miqdorda bosqinchilik), 168-moddasi 3-qismi (ko‘p miqdorda firibgarlik), 127-moddasi 3-qismi (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan sudlangan Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi S.F. sodir etilgani aniqlangan va u ushlangan.
Holat yuzasidan JKning 173-moddasi 2-qismi “b, v” bandlari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Shovotlandiya” kafesida chiqqan yong‘in natijasida mazkur kafeda ishlagan va ashagan besh kishi halok bo‘lgan edi.