O‘zbekistondagi “dinozavrlar qabristoni”da noyob topilma aniqlandi

CC0 / Unsplash / Jay Heike Kost dinozavra. Illyustrativnoe foto
Kost dinozavra. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2021
Obuna bo‘lish
Arxeologlar O‘zbekiston Qizilqum cho‘lida fanga ma’lum bo‘lmagan dinozavr turini aniqlashdi. Dinozavrlar Osiyo qit’asining eng g‘arbiy qismida joylashgan qirg‘oq tekisligida bundan 100 million yil oldin, Yer qit’alarga hali ajralmagan paytda yashagan.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Arxeologlar O‘zbekiston Qizilqum cho‘lida fanga ma’lum bo‘lmagan dinozavr turi qoldiqlarini qazib olishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar qildi.
CC BY 4.0 / Alexander Averianov / Life reconstruction of Dzharatitanis kingi (Averianov & Sues, 2021).Kak viglyadel djaratitanis, kotoriy sushestvoval v Melovoy period (ot 145,5 do 65,5 mln let nazad).
Kak viglyadel djaratitanis, kotoriy sushestvoval v Melovoy period (ot 145,5 do 65,5 mln let nazad).  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Unga Dzharatitanis kingi nom berilgan. U sayyorada yashagan eng katta jonzot - diplodokning eng yaqin qarindoshi bo‘lgan.
Dinozavrlar Osiyo qit’asining eng g‘arbiy qismida joylashgan qirg‘oq tekisligida bundan 100 million yil oldin, Yer qit’alarga hali ajralmagan paytda yashagan. Uning xivichsimon dumi va uzun bo‘yni sabab baland daraxtlardan ozuqa yeya olgan.
Dinozavr dum suyagi Qizilqum cho‘lidagi “dinozavrlar qabristoni” deb ataluvchi makondan xalqaro arxeologlar jamoasi tomonidan qazib olingan.
Dzharatitanis kingi kichikroq bosh va o‘tkir tishlarga ega bo‘lgan. Bu unga daraxtlarning shoxlarini kesib olish imkonini bergan. U bundan 145,5 million yil oldin boshlanib, 65,5 million yil oldin yakunlangan Bo‘r davrida yashagan.
Yangiliklar lentasi
0