O‘zbekiston-Qozog‘iston: avtobus qatnovlarini tezroq tiklash masalasi muhokama qilindi

© SputnikPerviy pilotniy avtobusniy reys mejdu Uzbekistanom i Kazaxstanom po mejdugorodnemu marshrutu Tashkent-Chimkent zapushen v patnitsu utrom s avtovokzala v stolitse Uzbekistana
Perviy pilotniy avtobusniy reys mejdu Uzbekistanom i Kazaxstanom po mejdugorodnemu marshrutu Tashkent-Chimkent zapushen v patnitsu utrom s avtovokzala v stolitse Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida muntazam aviaparvozlar sonini oshirish, yangi qatnov yo‘nalishlarini ochish masalalari muhokama etildi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri – “Uzbekistan airways”  AJ boshqaruv raisi Ilxom Mahkamov Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantrish vaziri Beybut Atamkulov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Povsednevnaya jizn - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Qozog‘iston O‘zbekistonga parvozlar sonini ko‘paytiradi
Suhbat davomida transport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbolari muhokama qilindi.
Xususan, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yo‘lovchi avtobuslari qatnovlarini tezroq tiklash muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida muntazam aviaparvozlar sonini oshirish, yangi qatnov yo‘nalishlarini ochish masalalari muhokama etildi. 
Telefon orqali muloqotda transport sohasida O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0