https://oz.sputniknews.uz/20210226/Makhsus-komissiyakhalaro-krgazma-va-yarmarkalarni-tkazishga-rukhsat-berdi-16079689.html
Maxsus komissiya xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berdi
Maxsus komissiya xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda barcha bosqichlarida epidemiologik tartiblarga rioya etilishi talabi bilan xalqaro ko‘rgazmalar o‘tkazishga ruxsat berildi. 26.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-26T10:59+0500
2021-02-26T10:59+0500
2021-02-26T10:59+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/406/94/4069415_0:0:1492:843_1920x0_80_0_0_771a6035ca86a00dc1bf2c8bc4927acd.jpg
TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda, 20-fevraldan boshlab O‘zbekiston hududida xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazishga ruxsat berdi.Xalqaro ko‘rgazmalar sanitariya-epidemiologiya meyorlari va qoidalari talablariga qat’iy muvofiq qilgan ravishda o‘tkazilishi mumkin. Talablar quyidagicha:
tashkilotchi Respublika hududida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini shartnoma asosida jalb qilgan holda tashkil etilayotgan tadbirlarning barcha bosqichlarida epidemiologik tartiblarga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlashi shart;
barcha tadbir ishtirokchilaridan himoya niqobi yoki respirator taqishlari talab qilinadi;
tadbirga kirishda barcha ishtirokchilar pirometrlar yordamida haroratni o‘lchash jarayonidan o‘tishi talab etiladi, yuqori harorat yoki yuqumli kasalliklar belgilari bo‘lgan shaxslarga tadbirda qatnashishga ruxsat berilmaydi;
ekspozitsiyalar orasidagi masofa kengligi kamida 3 metr bo‘lishi kerak;
tadbir o‘tkazish joylarida shamollatish tizimlari kirayotgan havoning chiqayotganidan ustunligini ta’minlashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yilning 23-martdagi "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq Respublikada barcha turdagi ommaviy tadbirlar to‘xtatilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/406/94/4069415_0:0:1342:843_1920x0_80_0_0_fe4ced05fdb61c08fd14b2dcda388778.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
Maxsus komissiya xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berdi
O‘zbekistonda barcha bosqichlarida epidemiologik tartiblarga rioya etilishi talabi bilan xalqaro ko‘rgazmalar o‘tkazishga ruxsat berildi.
TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda, 20-fevraldan boshlab O‘zbekiston hududida xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazishga
ruxsat berdi.
Xalqaro ko‘rgazmalar sanitariya-epidemiologiya meyorlari va qoidalari talablariga qat’iy muvofiq qilgan ravishda o‘tkazilishi mumkin. Talablar quyidagicha:
- tashkilotchi Respublika hududida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini shartnoma asosida jalb qilgan holda tashkil etilayotgan tadbirlarning barcha bosqichlarida epidemiologik tartiblarga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlashi shart;
- barcha tadbir ishtirokchilaridan himoya niqobi yoki respirator taqishlari talab qilinadi;
- tadbirga kirishda barcha ishtirokchilar pirometrlar yordamida haroratni o‘lchash jarayonidan o‘tishi talab etiladi, yuqori harorat yoki yuqumli kasalliklar belgilari bo‘lgan shaxslarga tadbirda qatnashishga ruxsat berilmaydi;
- ekspozitsiyalar orasidagi masofa kengligi kamida 3 metr bo‘lishi kerak;
- tadbir o‘tkazish joylarida shamollatish tizimlari kirayotgan havoning chiqayotganidan ustunligini ta’minlashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yilning 23-martdagi "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq Respublikada barcha turdagi ommaviy tadbirlar to‘xtatilgan edi.