https://oz.sputniknews.uz/20210225/Uch-kunda-670-nafar-zbekistonlik-ishlash-uchun-Rossiyaga-zhnab-ketdi-16077763.html
Uch kunda 670 nafar o‘zbekistonlik ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi
Uch kunda 670 nafar o‘zbekistonlik ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi
Sputnik O‘zbekiston
Suhbatlardan muvaffaqiyatli o‘tgan ushbu fuqarolar belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli qurilish obyektlarida ish... 25.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-25T18:33+0500
2021-02-25T18:33+0500
2021-02-25T18:33+0500
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/19/16077713_0:25:1300:760_1920x0_80_0_0_727b0b064ab798c44aa19f9a58c52da4.jpg
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Uch kunda Toshkent xalqaro aeroportidan 670 nafar o‘zbekistonlik ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.Qayd etilishicha, Rossiyaning ko‘plab ish beruvchi korxonalari vakillari mamlakatning turli hududlarida bo‘lib, fuqarolar bilan suhbat o‘tkazmoqda.Suhbatlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolardan 203 nafari 22-fevralda, 246 nafari 23-fevralda, 221 nafari 24-fevralda Rossiyaning “PIK Industriya” AJ, “StroyKraft”, “Texstroy” va “SpesGrad” MChJlarda ishlash uchun Toshkent xalqaro aeroporti orqali uchib ketgan.Shuningdek, 25-fevral kuni yana 200 nafardan ortiq fuqarolarni “PIK Industriya” AJda ishlash uchun tashkillashtirilgan holda jo‘natish rejalashtirilgan.Rossiyada ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga aeroportda tegishli tushuntirishlar berilib, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatilgan.Ular belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli obyektlarda ish boshlaydi.O‘zbekistonliklarni Rossiyada transport sohasiga ishga jalb qilish muhokama qilindiEslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi pandemiya sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni turli xorijiy davlatlarga ishga jalb qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rmoqda. Natijada rossiyalik ish beruvchilar va mas’ul tashkilotlar bilan kelishgan holda ko‘plab fuqarolar Rossiyaga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210129/Rossiyaga-ishga-ketish-uchun-subatlar-anday-blib-tmoda-15889895.html
https://oz.sputniknews.uz/20210128/ozirda-Rossiyaga-ishga-ketish-tartibi-anday---Migratsiya-agentligi-zhavobi-15886979.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/19/16077713_0:0:1300:818_1920x0_80_0_0_7a70a6ae8f5711176e85959a040c1c5b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya
Uch kunda 670 nafar o‘zbekistonlik ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi
Suhbatlardan muvaffaqiyatli o‘tgan ushbu fuqarolar belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli qurilish obyektlarida ish boshlaydi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Uch kunda Toshkent xalqaro aeroportidan 670 nafar o‘zbekistonlik ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Rossiyaning ko‘plab ish beruvchi korxonalari vakillari mamlakatning turli hududlarida bo‘lib, fuqarolar bilan suhbat o‘tkazmoqda.
Suhbatlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolardan 203 nafari 22-fevralda, 246 nafari 23-fevralda, 221 nafari 24-fevralda Rossiyaning “PIK Industriya” AJ, “StroyKraft”, “Texstroy” va “SpesGrad” MChJlarda ishlash uchun Toshkent xalqaro aeroporti orqali uchib ketgan.
Shuningdek, 25-fevral kuni yana 200 nafardan ortiq fuqarolarni “PIK Industriya” AJda ishlash uchun tashkillashtirilgan holda jo‘natish rejalashtirilgan.
Rossiyada ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga aeroportda tegishli tushuntirishlar berilib, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatilgan.
Ular belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli obyektlarda ish boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi pandemiya sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni turli xorijiy davlatlarga ishga jalb qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rmoqda. Natijada rossiyalik ish beruvchilar va mas’ul tashkilotlar bilan kelishgan holda ko‘plab fuqarolar Rossiyaga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda.